Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Harbiy tarix fani 
— tarix fanining tarkibiy qismi bo‘lib, urush­
lar, harbiy jang san’ati, qurolli kuchlar, harbiy texnika va harbiy


bilim berish, harbiy qo‘mondonlar, qo‘shinlar, davlatlarning har- 
biy faoliyati tajribalarini o‘rganadi.
Harbiy tarix fanining tarmoqlariga urushlar tarixi, harbiy jang 
san’ati tarixi, qurolli kuchlarning shakllanishi va tuzilishi tarixi, 
harbiy o‘q otar qurollar va harbiy texnikaning paydo bo‘lishi va 
rivojlanishi tarixi, harbiy qismlar tarixi va harbiy tafakkur tari­
xi kiradi. Shuningdek, harbiy tarixshunoslik, harbiy arxeologiya
harbiy arxivografiya, harbiy statistika sohalari harbiy tarix fani­
ning maxsus tarmoqlari sanaladi.
Harbiy soha va uning taraqqiy etib borish jarayon! haqida 
asosiy tushunchalarni berish imkoniyatiga ega bo‘lgan urushlar 
tarixi hamda harbiy jang san’ati tarixi harbiy tarix fanining ye- 
takchi tarmoqlari hisoblanadi.
Harbiy tarix fani ham boshqa fanlar kabi ma’lum bil imlar so- 
hasiga tayanadi va o‘ziga xos an’anaviylikka ega. Siyosiy qarash- 
lar, metodologik va nazariy yondashuvlar ta’sirida urushlarning 
xususiyatlari, mohiyati va o‘rniga baho berishda turlicha yoritilish 
hollari ham mavjud. Shundan kelib chiqqan holda XXI asr ta­
rixchi lari oldidagi asosiy vazifalardan biri urushlar tarixiga, har­
biy harakatlar tarixiga qat’iy obyektivlik, sof ilmiylik va tarixiylik 
nuqtayi nazaridan yondashish sanaladi.
Empirizm 
— nazariy umumlashtirishni inkor qilib, hissiy 
idrokni, tajribani bilishning birdan bir manbaidir, deb biladigan 
falsafiy yo‘nalish, nazariyadan ko‘ra amaliy faoliyatga ko‘proq 
moyil bo‘lishlik, amaliy faoliyatga moyillik.
Epigrafika 
— paleografiya fanining bir tarmog‘i bo‘lib, (yunon. 
epi — ustida, tepasida, grapho — yozuv; biron narsa; buyum us- 
tidagi yozuv) tarix fani boMimi bo‘lib, yog‘ochga (taxtaga), daraxt 
po‘stlog‘iga, sopolga, toshga, charmga, metallarga, toshbaqa ko- 
salari va boshqalarga bitilgan alohida belgilar, so‘zlar va matn- 
larni o‘rganadi.



Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling