Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Fanlararo yondashuv 
— qarang: Tarix fanining boshqa fanlar 
bilan aloqadorligi.
Fanning metodologiyasi 
— fanning ilmiy tadqiqot komponent- 
lariga — tadqiqot obyektiga, tadqiqot predmeti va predmet tahlili- 
ga, tadqiqotning (yoki muammoning) vazifalariga, mazkur qo‘yil- 
gan muammoning yechimini topish yoki tadqiqot oldiga qo‘yilgan 
vazifalarning hal etilishida muhim o‘rin tutuvchi va eng samara- 
li hamda maqbul hisoblangan tadqiqot vositalari (metodlari)ning 
umumiy xususiyatlariga, tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifalarning 
hal etilishi jarayonida tadqiqotchi tomonidan amalga oshiriladigan 
ishlar va tadqiqotlar bosqichlarining ketma-ketligini shakllantirish 
kabi omillarga tavsif beradi. Fan metodologiyasining eng muhim 
vazifalaridan biri tadqiqot muammosining qo‘yilishi, ilmiy naza- 
riyalar va tadqiqot predmetining tanlab olinishi va tartibga so- 
linishi, shuningdek, qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalarning ularning 
haqqoniyligi nuqtayi nazaridan tekshirilishi, ya’ni o‘rganilayotgan 
obyektning o‘rganilishini amalga oshirish sanaladi.
Fatalist 
— taqdirga ishonuvchi, taqdir, peshanaga yozilgani, 
qismatga bitilgani sodir bo‘ladi,deb hisoblaydi, fatalistlar (tarix 
fanida) voqealar sodir bo‘lishi muqarrar, uni muhokama qilish 
maqsadga muvofiq emas, deb hisoblovchilar. Fatalistlarning fikri- 
cha, tarix o‘zining avvaldan ma’lum yo‘lida g'ildirab kelaveradi, 
unda hamma narsa qonuniy va zaruriy, inson esa shiddat bilan so­
dir bo‘layotgan bu jarayonda mayda va arzimas payrahadir (ya’ni 
inson tarixiy jarayonning sodir bo‘lishida hech qanday rol o‘yna- 
maydi va unga ta’sir ko‘rsata olmaydi) deb hisoblaydilar.
Feminizm 
— yunon mifologiyasidagi adolat ma’budasi Femi- 
da norni bilan ramziy bog‘langan bo‘lib, XX asrda ayollarning er- 
kaklar bilan teng huquqli bo‘lishi g‘oyasi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling