Metodologiyasi
Tarixiy taqqoslash uslubi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Tarixiy taqqoslash uslubi
- tarixiy jarayon tafsilotlari aniq va ravshan bo‘lmaganda uning mohiyatini ochishga, shuningdek, umumiylikni, qonuniylikni, takrorlanuvchanlikni aniqlash ham- da umumlashtirishga va tarixiy parallellikni yuzaga chiqarish uchun qo‘llaniladi. Taqqoslash uslubi dastlab ma’rifatparvarlar tomonidan qo‘lla- nilgan. F.Volter birinchilardan bo‘lib o‘zi tomonidan yaratilgan tarixiy kitoblarida taqqoslash uslubini qo‘llagan, biroq bunda bu uslub tarixiy uslubga nisbatan ko‘proq vosita sifatida qo‘llanilgan. XIX asr oxirlariga kelib bu uslub tarixiy tadqiqotlarda, ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy tarix sohalarida ancha keng o‘rin tuta boshla di. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ayniqsa komparativ uslub keng qo‘llanila boshlandi. Amalda bironta ham tadqiqot bu uslublarni qo‘Uamasdan amalga oshirilmaydigan bo‘ldi. Daliliy materiallarni, ma’lumotlarni yig‘ish, dalillarni tizim- lashtirish va tahlil qilish jarayonida tarixchi ko‘pgina jarayon- larning mazmunidagi o‘xshashlikni, biroq ayni vaqtda jarayon- larning zamon va makon bo‘yicha turliligi, bir-biridan farqlanishi omillari sababli turlilik kasb etishini va yana ayni vaqtda shaklan umumiylikni ko‘rishi mumkin. Mazkur uslubning bilish jarayonidagi mohiyati uning tari xiy jarayonlarning mohiyatini tushuntirib berish uchun yo‘nalti- radigan imkoniyatlaridadir. Jarayonning mohiyatini anglash va tushunish uchun uning o‘xshashlik va farqlanuvchi xususiyat- larini tushunish kerak. Bu uslubning mantiqiy asosini analogiya tashkil etib, tadqiqot obyektidagi biror-bir o‘xshashlik asosida jarayonning boshqa jihatlari haqida ham xulosalar chiqarilishi mumkin. Tarixiy taqqoslash uslubi tarixiy jarayon tafsilotlari aniq va ravshan bo‘lmaganda uning mohiyatini ochishga, shuningdek, umumiylikni, qonuniylikni, takrorlanuvchanlikni aniqlash ham da umumlashtirishga va tarixiy parallellikni yuzaga chiqarish uchun imkon beradi. Bunda albatta bir qator talablarga rioya etishga to‘g‘ri keladi. Jumladan, avvalo taqqoslash tarixiy jara yonning shaklan o‘xshash jihatlarini emas, balki mohiyatini aks ettiruvchi aniq va konkret dalillar (faktlar) bilan amalga oshi- rilishi lozim, ikkinchidan, hodisalar va jarayonlarning tipologi- yasi va davrini yaxshi bilish va tushunish lozim. Taraqqiyotning bir bosqichida yoki turli bosqichlarida bo'lgan bir xil va turli xil hodisalarni taqqoslash mumkin. Bir holatda mohiyat o‘xshash- lik asosida ochiladigan bo‘lsa, boshqa holatda turlilik asosida aniqlanishi mumkin. Biroq ayni vaqtda tarixchidan tarixiylik ta- moyilini unutib qo‘ymaslik talab etiladi. Tarixiy taqqoslash uslu- bini qo‘llashda bir qator cheklanishlarga duch kelish mumkin. Bu uslub real voqelikning turliligini tushunishga imkon bersada, konkret shakldagi xususiyatini ko‘rsatib berolmaydi. Shuningdek, tarixiy taraqqiyot sur’atining tadqiqida ham tarixiy taqqoslash uslubidan foydalanish maqsadga muvoflq emas. Mazkur uslub- ning rasman (shunchaki qo‘llash, qo‘llanishi «kerak» bo‘lganli- gi uchun qo‘llash) qo‘llanilishi xatoliklarga olib kelishi, ko‘pgina tarixiy hodisalar mohiyatining noto‘g‘ri talqiniga va tavsiflani- shiga olib kelishi mumkin. Tarixiy taqqoslash uslubidan boshqa tadqiqot uslublari bilan birgalikda foydalanish mumkin. Afsuski, tarixchilar tomonidan tarixiy taqqoslash uslubi ko‘p hollarda analogiya va solishtirish bilangina qo'llaniladi, u tadqiqotlar ja rayonida to'liq yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan jihatlarini inobatga olgan holda kamdan kam qollaniladi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling