Metodologiyasi
Tarix fanining tarmoqlari
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixda matematik uslublar
Tarix fanining tarmoqlari
— tarix fani ko‘p tarmoqli fan bo‘lib, inson va jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq bir qator sohalar rivoj- lanishi jarayonlarining umumiyligi mahsulidir. Shundan kelib chiqqan holda quyidagilarni tarix fanining asosiy tarmoqlari sifa tida ko‘rsatib o‘tish mumkin: Harbiy tarix Siyosiy tarix Iqtisodiy tarix Ijtimoiy tarix Diniy tarix Fan tarixi Ayollar tarixi va gender tadqiqotlari San’at tarixi Intellektual tarix Madaniyat tarixi Diplomatiya tarixi va boshqalar. Yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari tarixni xronologik davrlashtirish, ya’ni qadimgi davrlar, o‘rta asrlar, yangi va eng yangi davrlar tarixiga bo‘lib o‘rganish, shuningdek, alohida olin- gan davlatlar, mintaqalar tarixiga va boshqalarga asoslangan hol da o‘rganish mumkin. Jahon tarixini global tarzda keng va atrof- licha o‘rganish va tadqiq etish bilan bir qatorda alohida insonlar, shaxslar, voqealar, qishloqlar, shaharlar tarixi bilan bog‘liq ki- chik-kichik tarixiy tadqiqotlarni (mikrotarix) ham amalga oshirish mumkin. Tarixda matematik uslublar — matematikalashtirish (mate- matizatsiya) va kompyuterlashtirish (kompyuterizatsiya) ilmiy- texnikaviy taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlaridir. Matematik uslublardan tarix fani tadqiqotlarida foydalanish haqida max sus asarlar ham yozilgan (М. Ковальченко. Количественные методы в историческом исследовании. —М., 1984; Математические модели исторических процессов. — М., 1998). Matematik uslublar tarixiy jarayonlaridagi qonuniyat va an’analarni aniqlash va o‘rganish va xulosalar chiqarishga yor- dam beradi (masalan, iqtisodiy taraqqiyot darajasini aniqlash, aholini ro‘yxatga olish, saylovlarning natijalarini tahlil qilish). XIX asr oxiri—XX asr boshida fransuz olimi Seminon fran- suz xalqining oylik statistikasini hisoblab chiqib matematik uslublarga asos solgan. XX asrda bu usul rivojlanadi. II jahon urushidan keyin AQSH olimlari bu usuldan foydalana boshlay- dilar. Ular matematik uslublardan elektron hisoblash mashi- nalari bilan bog‘liq holda foydalanganlar. Yangi fanlar paydo bo‘la boshlagach, tarix yangi uslublarda ko‘rib chiqila boshla- gan. D.Nort va G.Fogel matematik uslublardan foydalangani uchun Nobel mukofotiga sazovor boiishgan. Ba’zi olimlar agar hamma jarayon raqamlarga aylantirib yuborilsa, tarixda tirik inson qolmaydi, boshqalari matematik uslublarsiz umumiy xu- losaga kelib bo‘lmaydi, degan fikrlarni bildirganlar. XX asrning 60-yillaridan boshlab matematik uslublar t^rix fani tadqiqot larida keng ko‘lamda qo‘llanila boshlandi. Matematik uslub- larlardan foydalanib, tarixiy jarayonlar, voqealarni matematik modellashtirish (tiklash) mumkin. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling