Metodologiyasi


Tarix fani va tarixiy bilimlarning boshqa shakllari


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tarix fani va tarixiy bilimlarning boshqa shakllari 
— ilmiy ta­
rixiy bilim — bu obyektiv (xolisona), tizimlashtirilgan, tarixiy ja­
rayonlar, ulardagi konkret jamiyat yoki jamiyatlar taraqqiyoti ha­
qidagi ishonchli va konkret bilimlar.
Kundalik tarixiy bilim (ong) — ilmiy tarixiy bilimlardan 
keskin ravishda farqlanib, uzuq-yuluq, tizimlashtirilmagan 
shakldagi, ishonchli bo‘lmagan, subyektiv qarashlarga moyil 
bo‘lgan, tarixiy jarayonlarni faqatgina hodisa darajasida baho- 
laydigan, jiddiy sabab-oqibatli aloqadorlikni aks ettirmaydigan 
tarixiy bilim.
Tarix fani va tarixiy bilishning asosiy maqsadi — tarixiy bi­
lishning asosiy maqsadi — aniq (konkret) jamiyat taraqqiyoti ha­
qida ishonchli tarixiy, obyektiv (xolis), tizimli, tarixiy haqiqatga 
erishish hisoblanadi.
Tarix fani metodologiyasi 
— ilmiy bilish faoliyati bo‘lib, ta­
rixiy tadqiqotlarning ishlanishi, tahlili va o‘rganilishiga qaratil- 
gan faoliyatdir. Metodologiya ilmiy muammolarning qo‘yilishi 
xarakterini aniqlaydi, ularning yechilishidagi eng maqbul prin- 
siplar va yo‘nalishlarni aniqlaydi, tadqiqot metodlarini tanqidiy 
baholaydi va tahlil qiladi.
Tarix fani obyekti va predmeti 
— tarix fani obyekti — bu insoni- 
yatni tashkil etuvchi jamiyatlar majmuyidir. Tarix fani predmeti
— bu aniq (konkret) jamiyat va uning shakllangandan boshlab 
tanazzuligacha zamon va makondagi taraqqiyoti bir butun holat- 
da va ayni vaqtda uning ichki tarkibiy tuzilishlari, shuningdek, 
boshqa aniq (konkret) jamiyatlar bilan aloqadorligi va munosa- 
batlaridir.


Tarix fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi 
- ijtimoiy fan- 
lar o‘rganish predmetlariga ko'ra bir-birlaridan farqlansalarda 
umumiy tadqiqot obyektlariga ega bo‘ladilar. Har qanday ijti­
moiy fan jamiyatning to‘lig‘icha, ayni vaqtda u yoki bu sohala- 
rining umumiy holatda va ayni vaqtda o‘z xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda o'rganadilar. Bunda tarix fani esa aniq va konk­
ret jamiyatning taraqqiy etishini (yoki tanazzulini) to‘laqonli 
ravishda va ayni vaqtda u yoki bu holatiga ko‘ra jamiyat tizimi- 
ning barcha bosqichlarini, shuningdek aniq bir inson hayotiga- 
cha bo‘lgan sohalarni tadqiq etadi. Bunda quyidagi fanlar bilan 
sohalar bo‘yicha aloqadorlik asosiy omillar hisoblanadi:

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling