Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tarixiy antropologiya 
— (Historical anthropology) — tarixiy 
antropologiya fan bo‘lib, uning asosiy maqsadi antropologik tad­
qiqotlar tarkibidan tarixiy axborotni (ma’lumotlarni) ajratib olish, 
tanlab olingan axborotni tarix fani ehtiyojlari uchun jalb etish, 
talqin qilib berish.
Tarixiy geografiya 
— (Historical geography) — tarix va geo- 
grafiya fanlari kesishuvidagi bilim sohasi bo‘lib, aniq bir hudud- 
ning aniq bir taraqqiyot bosqichini o'rganadi.
Tarixiy sotsiologiya 
— (Historical sociology) — sotsiologiyaning 
bir yo‘nalishi bo‘lib, jamiyat taraqqiyotining, ijtimoiy tizimlar- 
ning, institutlar va hodisalarning tarixiy jarayonlarini o‘rganadi. 
Tarixiy sotsiologiya tarixiy taraqqiyotning sotsiologik nazariyalari 
va tarixiy ma’lumotlarning sotsiologik tahlilini ishlab chiqadi.
Tarixiylik (tarixiylik tamoyili) 
— Historism — obyektiv voqelik- 
ni ilmiy bilish tamoyili bo‘lib, unga muvofiq obyektlar va hodisa­
lar tarixiy taraqqiyot qonuninyatlari asosida, ularning konkret 
vaziyatlardagi mavjudligidan kelib chiqib ko‘rib chiqilishi lozim. 
Tarixiylik tamoyili shuningdek, tadqiq etilayotgan obyektlarning 
va hodisalarning kelajak taraqqiyoti haqida ham ma’lum bir fikr- 
larni va xulosalarni bildirishi mumkin.
Tarixiy-tizimlilik uslubi 
— turli darajadagi ijtimoiy-tarixiy 
tizimlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan 
bolib, voqelikning asosiy komponentlari - individual va takror- 
lanmas hodisalar, voqealar tarixiy vaziyatlar va jarayonlar ijtimoiy 
tizimlar sifatida ko‘rib chiqiladi.
Tarixiy-tizimli uslub tarix fani tadqiqotlarida matematik uslub- 
larni va modellashtirishni qo‘llash bilan bog‘liq holda qo‘llanila 
boshlandi. Mazkur uslub turli darajadagi ijtimoiy-tarixiy tizim­
larning mavjudligidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, 
voqelikning asosiy komponentlari (tarkibiy qismlari) — individual 
va takrorlanmas hodisalar, voqealar tarixiy vaziyatlar va jarayon­
lar ijtimoiy tizimlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Ularning barcha-


si vazifalari va bir jarayonda sodir bo‘lish (namoyon bo‘lish) ket- 
ma-ketligi jihatdan bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Bu 
uslubdan foydalanishning dastlabki bosqichida tadqiq etilayot- 
gan tizimni tizimlar umumiyligidan va uning tarkibidan ajratib 
olish kerak. Tadqiq etilayotgan tizim ajratib (belgilab) olingandan 
so‘ng uni tuzilish jihatdan tahlil qilish va tizimlarning tuzilishi va 
ular tarkibiy qismlarining o‘zaro bogiiqligini aniqlab olish kerak 
bo‘ladi. Bu jarayonda mantiqiy va matematik uslublar qo‘llanila- 
di. Ikkinchi bosqichda o‘rganilayotgan tizim (tuzilish)ning shu 
tizim (tuzilish) mansub bo‘lgan umumiy tizim (tuzilish) bilan 
bog‘liqligi va uning tarkibiy qismidagi o‘rni va vazifaviy mohiyati 
hamda ahamiyati aniqlanadi. Mazkur uslubni tarixiy tadqiqotlar 
jarayonida qo‘llashning murakkabligi shundaki, ijtimoiy tizim­
larning murakkab tuzilishga ega ekanligi va oddiy tizim (tuzilish) 
dan murakkab tizim (tuzilish)larga (turar joy — qishloq — viloyat 
kabi) o£tib borish jarayonlaridir. Tadqiqotlar jarayonida agar ho- 
disalarning mohiyatini yoritish yoki aniqlash imkoni bo‘lmagan 
holda umumfan uslublari va maxsus tarixiy uslublardan foydala­
nish tavsiya etiladi. Sinxron tahlilda nisbatan ko‘proq samara- 
ga erishishi mumkin, biroq bu holda taraqqiyot jarayoni ochil- 
may qolishi mumkin. Tizimli — tuzilish jihatdan va funksional 
jihatdan tahlil esa haddan tashqari abstraktlashtirishga va forrnal- 
lashtirishga olib kelishi mumkin.
Tarixiy manbalar — kishilik jamiyati o‘tmishini hamda tari­
xiy jarayonlarni o‘rganish imkonini beradigan barcha obyekt- 
lar, ya’ni inson qo‘li bilan yaratilgan narsalarning hammasi, 
shuningdek, atrof-muhit bilan munosabati natijalari, moddiy 
madaniyat namunalari, yozma yodgorliklar, urf-odatlar, maro- 
simlar va boshqalar. Tarixiy manbalar miqdori chegarasiz, bi­
roq turli tarixiy davrlarga oid bo‘lgan manbalar miqdori bir-biri- 
dan farqlanadi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling