Til,lison,nutq tushunchalari talqini


Download 104.52 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi104.52 Kb.
#1493659
  1   2   3   4
Bog'liq
HO\'AT KURS ISHI

Til,lison,nutq tushunchalari talqini

201-guruh talabasi Nurmanbetova Shaxnoza

UMIS va AHVO


UMIS va AHVO munosabati dialektikaning (ya’ni butun borliq – tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosiy yashash) qonuniyatidan biri bo‘lganligi sababli, u har bir fanda o‘ziga xos tarzda xususiylashadi. UMISning tildagi tajallisi lison, AHVOniki esa nutq deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui til deyiladi.Tilshunoslikda lisoniy va nutqiy jihatni farqlashga intilish ushbu fan bilan tengdosh. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni ko‘rishga intilish bilishning har ikkala bosqichi (fahmiy va idrokiy)da ham mavjud.
Shu asosda aytish mumkinki, zamonaviy o‘zbek tilshunosligining birinchi bosqichi, dialektika nuqtayi nazaridan, tildagi UMIS va AHVOni bir-biridan farqlamay tasnif etish bosqichi. Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o‘rganish avvalo, tilshunoslar V.fon Humboldt, B.de Кurtene va F.de Sossyur nomi bilan bog‘liq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida tub burilish sifatida baholanadi. Chunki u mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi.
  • Tilga, xususan, o‘zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison o‘rnida til atamasi qo‘llanilib, u ko‘p ma’nolilik tabiatiga ega bo‘lganligi sababli ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq so‘zlash qobiliyati ham, nutqi ham ushbu atama bilan yuritilar edi. Shu boisdan nazariyotchi tilshunoslar UMISning tildagi voqelanishiga nisbatan lison atamasini qabul qildilar.

Til – sof lisoniy qobiliyat va imkoniyat. U tafakkurni shakllantirishga (kodlashtirishga), xotirada qat’iy sistemaga tizib saqlashga, axborotni uzatish va qabul qilishga imkoniyat beruvchi muhim (birlamchi) insoniy ijtimoiy-ruhiy kommunikatsiya vositasi. Tilda bosh ichki ziddiyat – atash (nominativ) va ifodalash (ekspressiv) vazifalarining dialektik birligi.
Lison – UMIS tabiatli lisoniy birliklarning serqirra, ko‘p qavatli sathlaridan tashkil topgan barqaror, tashqi muhit ta’siriga o‘ta sezgir, o‘zgarish, rivojlanish va moslashish immanent qobiliyatini o‘z ichida mujassamlashtirgan murakkab qurilishli iyerarxik sistemadir. Lison deyilganda, ma’lum bir jamiyatning barcha a’zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holga keltirib qo‘yilgan, hamma uchun umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsad uchun xizmat qiladigan birliklar hamda bu birliklarning o‘zaro birikish qonuniyatlari yig‘indisi tushuniladi.
Me’yor – lisonning ichki qurilish tizimiga nisbatan tashqi omil bo‘lib, lisoniy imkoniyat – sinonimik qator, lisoniy birliklarning dublet, allovariant va variantlari, sohaviy birliklardan har birining voqelanish o‘rni va xususiyatini belgilaydi.

Download 104.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling