Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Polisemantizm - k o 'p m a’nolilik.
Postmodernistlar 
tadqiqot obyektini subyektdan, dalillarni 
uydirmadan alohida ajratmaydilar va obyektiv haqiqatga erishish- 
ni shubha ostiga qo‘yadilar.
Ratsionalist 
— hayotga aql ko'zi bilan qarovchi, mulohazakor, 
aql-idrokka asoslangan hukm (fikr). Falsafada ratsionalizm — ta- 
fakkurni hissiy tajribadan ajratib qo‘yadigan va aqlni bilishning 
birdan-bir manbayi deb hisoblaydigan falsafiy oqim. Tarix fanida 
har qanday tarixiy jarayonni aql-idrok, mulohazakorlik va ilmiy- 
likka asoslangan holda tushunish va talqin qilish.
Relyativizm-relyativistik 
— voqelikni obyektiv ravishda bilish 
mumkinligini inkor etadigan metodologik g‘oya, unga nisbiylik 
asosida yondashish tarafdorlari.
Relyativistik yondashuv 
(relyativistlar) — Qarang: Relyativizm- 
relyativistik
Retrospektiv uslub 
— retrospektivlik, octmishga qaratilgan- 
lik. Tarixiy tadqiqotlarda bugungi kundan o‘tmishga yoki nati- 
ja va oqibatlardan sabablarga yo‘nalgan holda tarixni tadqiq etish 
uslubi; bugungi kundan o‘tmishga yoki natija va oqibatlardan sa­
bablarga yo'nalgan bo‘ladi. 0 ‘tmishning saqlanib qolgan element- 
Iari orqali o‘sha o‘tmishni rekonstruksiya (qayta tiklash) qilishi 
mumkin. 0 ‘tmish bilan tanishish jarayonida bugungi mavjud ho- 
latlarning yuzaga kelishi bosqichlari va shakllanishini aniqlash 
mumkin.
San’at tarixi 
— San’atshunoslikning boTimi boiib, san’atning 
paydo bo‘lishidan boshlab bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy ja- 
rayonlarini o‘rganadi.
San’at tarixi haqida tarixchilarning o‘z nuqtayi nazarlari 
mavjud. Agar san’atshunoslar san’at asarining yaratilishi sana- 
si, muallifligi va uslubi kabi jihatlarini birinchi o‘ringa qo‘ysalar, 
tarixchilar esa mazkur san’at asarining yaratilishidagi shart-sha- 
roitlar, kompozitsiyalar, kontekstlar, intellektual va ijtimoiy tarixi 
jihatlarini asosiy o‘ringa qo‘yadilar. Tarixchi asar yafatilgan davr 
tadqiqi jarayonida o‘sha davrning estetik qarashlarini ham o‘rga-


nish bilan bir vaqtda o‘zi ham bu sohada ma’lum bilimlarga ega 
bo‘lishi lozim. San’at tarixini chuqur o‘rganish tadqiq etilayotgan 
davr madaniy hayoti tarixini kengroq va batafsilroq tushunish va 
tadqiq etishda muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtayi nazardan o‘rgani- 
layotgan davr tarixi haqida ma’lum bilimlarga va ma’lumotlar- 
ga ega bo‘lgan tarixchi tadqiqotchida san’atshunos tadqiqotchi- 
dan farqli o‘laroq ma’lum darajada imkoniyatlar ko‘proq bo'ladi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling