Metodologiyasi
Tadqiqotning axborot-manbaviy asoslarini aniqlash va
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Tadqiqotning axborot-manbaviy asoslarini aniqlash va
tadqiqot uslublarini tanlash Har qanday tarixiy muammo bilish obyekti mazmuniga oid ma’lumotlarni o‘z tarkibiga olgan manbalardan foydalanmay tu- rib o‘z yechimini topishi m um kin emas. Tarixchi o‘zidan avval gi tarixchilar tom onidan foydalanilgan manbalarni yangi uslub lardan foydalangan holda o‘z tadqiqotiga jalb etishi lozim, bunda tadqiqotchi ilmiy muammoning maqsadi va m azmunidan kelib chiqqan holda yangi axborotlarni va m a’lumotlarni ham ajratib olishi mumkin. Odatda tarixchilar tom onidan yangi-yangi man- balar ilmiy muomalaga kiritilib, tarix fanining manbashunos- lik sohasi doimiy ravishda boyitib boriladi. Biroq buning uchun tarixchi o‘rganilayotgan davr tarixiga oid mavjud tarixiy asar- lar va boshqa manbalar haqida to‘liq m a’lumotga ega bo‘lishi ta lab etiladi. Tadqiqotchi tom onidan manbashunoslik sohasidagi barcha bilim doirasini, ya’ni m anbalarni qidirish, izlash, tanlab olish, haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash kabi bilim larini tadqiqot jarayoniga jalb etilishi kerak. Tadqiqotchi tarixchilar tom o nidan to‘plangan tajribalardan keng foydalangan holda m an bashunoslik sohasida yaratilgan adabiyotlar bilan tanishib chi- qishi lozim. Qo‘yilgan ilmiy muammoning hal etilishida qancha manba zarur bo‘lsa tadqiqot uchun shuncha manbani to‘plash va ular ning m a’lumotlari bilan tanishib chiqish, aniq va konkret ma’lu motlarni sifat-mazmuni jihatdan va miqdori jihatdan ta’minlash zarurdir. Bunda manbalarning rasmiy miqdori emas, balki ular ning axborotga boyligi muhimdir. Ilmiy jihatdan katta ahamiyat kasb etmaydigan faktlar va dalillarni tadqiqotga keragidan ortiq jalb etilishi tavsiya etilmaydi. Keragidan ortiq manbalar va ular- dagi m a’lumotlar keyingi tadqiqotlarda asqotishi mumkin, biroq ayni tadqiqot jarayonida ular muammoning hal etilishi hamda maqsadga erishida ortiqchalik qilishi mumkin. Ayni vaqtda manbalar qo‘yilgan muammoning yechimini hal etish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Tarixchining ilmiy tad qiqot muammosi yuzasidan qanchalik darajada yetarli va atrof- licha tasavvurga ega bo‘lishi tarixiy jarayonlarning va jarayon lar o‘rtasidagi bog‘liqlikning mohiyatini ko‘rsata bila olishida namoyon boladi. Tarixchi tadqiqot jarayonida bevosita tadqiqot obyekti yu zasidan avvalgi olgan bilimlariga tayanadi. Manbalardan foydala nish jarayonida agar ulardagi dalillar va tadqiqotning manbaviy asoslari yetarli bo‘lmagan holatda tadqiqot vazifalarini tafixir qili shi va unga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Agar manbalar tad- qiqotni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmagan holda esa tad- qiqotni davom ettirish maqsadga muvofiq emas. Zamonaviy postmodernistlarning ta’kidlashicha, manbalar tarixiy voqelik haqida to‘la tasavvur hosil qilish imkonini ber- maydi, ayni vaqtda ta’kidlab o‘tish ham lozimki, manbalarsiz il miy tadqiqotni ham amalga oshirib bo‘lmaydi, bu esa doimiy ra- vishda manbalardan foydalanish va ularni ilmiy tadqiqotga jalb etish uslublarini takomillashtirib borishni talab etadi. Tadqiqotning bu bosqichida tadqiqot jarayonida qo‘llaniladi- gan uslublar tizimini shakllantirish va aniqlashtirib olish maqsad ga muvofiqdir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, tarixchining m an balardan tashqari bilimi, metodologik zaxirasi tadqiqot uchun manbalarni tanlashda, ularni saralab olishda, uslublarni tanlash- da hal etuvchi omil hisoblanadi. Umumfalsafiy, umumfan va umumtarixiy uslublar asosida ta rixchi tadqiqotning aniq-muammoviy uslublarini aniqlaydi. Ular ko£pchilikni tashkil qilib, maqbullarini tanlab olish tadqiqot mavzusi hamda qo‘yilgan muammoning xususiyatidan kelib chi- qib amalga oshiriladi. Ayni vaqtda fanlararo yondashuv uslublari qo‘llaniladi, sotsiologiya va boshqa fanlarning tadqiqotni am al ga oshirish jarayoniga mos keluvchi eng zarur uslublaridan foyda- laniladi. Bu jarayonda eng asosiysi qo‘llaniladigan maxsus tari xiy uslublar hisoblanadi. Ko‘p hollarda miqdoriy uslublardan ham foydalanish talab etiladi, biroq manbalarda va tadqiqot materi- allarida miqdoriy ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa, u holda tavsifiy uslublardan foydalanish tavsiya etiladi. Albatta, bu jarayon tadqiqotning eng asosiy va eng murak- kab holati sanalib, bunda tarixchi tom onidan tadqiqotni am al ga oshirish uchun eng maqbul bo‘lgan va samarali uslublarni tanlab olish talab etiladi. Bunda tarixchiga faqatgina uning il miy tadqiqot ishlarini amalga oshira olish malakasi va tajriba- si, shuningdek uning bilimdonligi va aql-zakovatigina yordam beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling