Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
4-bosqich.
Tushuntirish va nazariy bilishning darajasi. Har qanday tarixiy tadqiqot voqealar, jarayonlar, insonlar faoli- yati kabilardan iborat o‘z tadqiqot obyektiga ega bo‘ladi. Tarixiy voqelikni to‘lig‘icha bir tarixchi tomonidan tadqiqot obyekti si fatida belgilab olinishi maqsadga muvofiq emas. Bu bir tarixchi yoki bir necha tarixchilar tomonidan amalga oshirib bo‘lmaydigan ishdir. Shuning uchun ilmiy muammoning yechimiga yo‘naltiril- gan tadqiqot vazifalarining belgilab olinishi muhim ahamiyat- ga egadir. Ilmiy muammo bilish obyektida savollar ko‘rinishida mavhumlikdan iborat bo‘lib, tarixchi tadqiqot jarayonida bu sa- vollarning javobini topishi lozim. Tadqiqot vazifalari nafaqat ja rayonlarning ko‘lamini, balki tadqiqotning maqsadi va nuqtayi nazarlari hamda jihatlarini ham aniqlab berishi lozimdir. Tad qiqot jarayonida tadqiqotchi tomonidan tadqiqotning bu jihatla- riga aniqliklar kiritilib borilishi mumkin. U yoki bu ilmiy muammoning dolzarbligi fanning mantiqiy jihatlaridan kelib chiqib aniqlanadi va belgilanadi, shuningdek mazkur muammoning zamonaviy jamiyat talablaridan kelib chiqqan holdagi ahamiyati ham muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot dolzarbligini aniqlashda ikki holatga alohida e’ti- bor qaratish lozim. Birinchidan, mavzuning dolzarbligi bizga ya- qin bo‘lgan davr nuqtayi nazaridan belgilanmaydi, balki qadimgi davr yoki o‘rta asrlar davri tarixi ham zamonaviy tarixiy davrdan kam bo‘lmagan dolzarblik kasb etishi mumkin. Ikkinchidan, agar tadqiqot uchun tanlangan mavzu avval tadqiqot obyekti bo‘lma- gan bo‘lsa, u holda shuning o'ziyoq tadqiqot obyektining dolzarb ekanligi uchun yetarli bo‘la olmasligi va bu mavzuning o‘rgani- lishi ham maqsadga muvofiq bolmasligi mumkin. Tadqiqotchi tomonidan tanlangan mavzuning jiddiy ilmiy muammolarning yechimida yordam berishi mumkinligini isbotlab bera olish ta lab etiladi. Tadqiqotning boshlanish vaqtidagi mazkur masala yuzasidan tarix fanida erishilgan va qo‘lga kiritilgan yutuqlarni aniqlash tadqiqotning alohida muhim jihatidir. Bunda gap tadqiqotning yoki unga aloqador adabiyotlarning tarixshunoslik masalalari ha- qida bo‘lib, ular tadqiqotning vazifalarini ochib berish bilan bir- galikda, ilmiy tadqiqot muammosimng asosiy yo‘nalishlari va bosqichlarini aniqlab berishi, shuningdek, tadqiqotning man- baviy asoslarini ochib berishi va ularning tadqiqot jarayonida- gi ilmiy ahamiyatini ko‘rsatib berish uchun xizmat qilishi kerak. Bu tarzdagi tahlil bungacha hal etilmagan va tadqiqot doirasiga kiritilmagan muammolarni aniqlab berilishiga, shuningdek av val amalga oshirilgan tadqiqotlar uslublarining qanchalik sama ra berganligi va tadqiqot jarayonida ularni tahlil qilish orqali eng maqbul uslublarni aniqlab berishga ham xizmat qiladi. Shuningdek, bu tahlil ilmiy tadqiqot ishining maqsadi va vazifalarini ham aniqlab berishga xizmat qilib, tadqiqotning umumiy tadqiqotlar doirasidagi o‘rnini ham belgilab beradi. Shu nuqtayi nazardan ham bu jarayon ishning muvaffaqiyatini belgi- lab beradi. Shuningdek, muam m oning tarixshunoslik masalalari yoritilishining mukammalligiga qarab, ishga aloqador m uam molar yuzasidan tadqiqotchining qanchalik bilimga ega ekan ligi hamda m uam m oning to‘g‘ri qo‘yilganligi darajasini ham aniqlash mumkin. Bunda tadqiqotchilar tomonidan o‘zidan av- val yozilgan adabiyotlar va ular m ualliflarining fikrlari va il miy xulosalarining obyektiv tahlili talab etiladi. Bunda o‘tmish tarixchilari va avvalgi davrda yaratilgan adabiyotlar va ularning mualliflariga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish, ularning fikrlarini (garchi ular ancha eskirgan bo'lsa ham) mensimaslik va to£g‘ridan to‘g‘ri inkor etish maqbul emas. Tadqiqotchi to monidan zamonaviy fanga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda avvalgi tarixchilarning ishlarida nim a bor-u, nim a yo‘q, qabilida emas, balki ulardagi fikrlar va xulosalarni to‘g‘rilash natijasida tarix fani nimaga erishadi, qanday yangi qarashlar va yangi ma’lumotlarga ega bo‘ladi, degan qarash asosida tarixiylik tamoyiliga rioya etgan yondashuv maqsadga muvofiqdir. Ayni vaqtda esa m uam m olarni turli holatlarda qo‘yilishiga, zam o naviy fan yutuqlaridan foydalangan holda muammoning yechi- m ini topishda yangi uslublardan foydalanish va ularni tadqiqot jarayoniga jalb etish, fanlararo yondashuvdan keng foydalanish hamda yangi va yangi manbalarni ishga jalb etilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling