Metodologiyasi
Tarixiy voqelikni bilishning rekonstruktiv va
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Tarixiy voqelikni bilishning rekonstruktiv va
empirik darajasini aniqlash Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan bosqichlardagi tadqiqot faoliyati amalga oshirilgandan so‘ng tadqiqotning asosiy bosqichlaridan biri, ya’ni tarixiy voqelikni voqealari va hodisalarini tadqiq etish boshlanadi. l.Kovalchenko bilishning ikki darajasini, ya’ni em pirik bilish va nazariy bilishni alohida ajratib ko‘rsatadi. Empirik bilishda tarixiy hodisalarni bilish anglansa, nazariy bilishda tarixiy voqelikning mohiyati ochiladi va nazariy bilim shakllantiriladi. Bilishni bunday tarzda ajratilishi shartli ravish da boTib, tarixchining tadqiqot amaliyotida ular aralashib ketadi, ya’ni birinchi holatda tarixchi nazariy bilimlarsiz tadqiqotga yon- dasha olmasa, ikkinchi holatda empirik materiallarsiz tadqiqot- ni amalga oshira olmaydi. Biroq shu narsa aniqki, ikki holatga ham me’yordan ortiq moyillik bildirish, ya’ni umumlashtirish- ga irnkon bermaydigan va umumiy xulosalarning chiqarilishini to‘laqonli ta’minlay olmaydigan faktlar hamda dalillarni yig'ish va ularni tadqiqotga jalb qilish sifatida empirik yo‘lni tanlash yoki aksincha, tarixiy dalillardan ajralib qolgan holda sotsiologik tahlil yoii bilan tadqiqotga yondashish tarixiy tadqiqotning ahamiyati- ni pasaytirib yuborishi mumkin. Tadqiqotning maqsadidan hamda mavjud ilmiy farazlardan kelib chiqqan holda empirik darajada tarixiy voqelikning hodi salar kolam i, ilmiy dalillarni aniqlashtirish va tizimga solish aniqlanadi. Bunda tarixiy tadqiqotdagi faktlar va dalillar o‘zi- ga xos xususiyatga va mazmunga ega bo‘ladi, biroq keyingi ja- rayonlar uchun mos kelmasligi mumkin. Tarixchi o‘z ixtiyori- da boMgan m a’lumotlarni u yoki bu ilmiy kategoriyalarga yaqin keltirgan holda tasniflab chiqadi, tarixiy voqelik, hodisalar va jarayonlarni ifoda etuvchi dalillar va faktlarni aniqlaydi. Em pirik dalilar tizimga solinadi, taqqoslanadi, qiyosiy tahlil etila- di. Bilish obyektini o‘rganish uchun dalillar tizimi zaru^ bo‘ladi va bunda dalillar tizim ining taxminiy ta’minotini, manbalarini shakllantirish zarur bo‘ladi. Bu jarayonda yashirin ma’lumotlarni mantiqiy ajratib olish, intuitsiya, tasavvur qilish, zakovat hamda tarixchining mavjud bilimlari muhim o‘rin tutadi va uni amal- ga oshirish uchun yordam beradi. Shu holatda ham dalillar tad- qiqotni amalga oshirish uchun yetarli darajada bo‘lmasa, u hol da tadqiqot vazifalarini qaytadan tahrir qilish yoki bu tadqiqotni amalga oshirishdan voz kechish kerak. Ayrim hollarda manbaviy asoslari yetarli bo‘lmagan tadqiqotlarni amalga oshirish jarayoni da nazariy darajadagi abstraktlangan mantiqiy tahlil ham yordam berishi mumkin. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling