Metodologiyasi
Tarix fani tadqiqotlarida tipologik uslub
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Ковальченко Д.И. Методы исторического исследования. — М.: Наука. 2003. С.204—205.
- Tarix fani tadqiqotlarida tizimli uslub.
Tarix fani tadqiqotlarida tipologik uslub.
Tipologiya tarix fani- da tarixiy hodisalar va jarayonlarni umumiy alomatlari, jihatlari, mohiyatiga qarab ilmiy asosda guruhlarga ajratish, tasnif (klas- sifikatsiya) etishdir. Tipologik uslub tarixiy jarayonlarning m o hiyatiga asosan tahlil qilishdir (I.Kovalchenko). Pozitivistlarning ta’kidlashicha, rasman tavsifiy klassifikatsiyalash natija bermay- di. Subyektiv yondashuv tarixchi tafakkuridagina tiplarni shakl- lantirishga olib keladi. M.Veber tomonidan ilgari surilgan «ideal tiplar» nazariyasi sotsiologlar tom onidan uzoq vaqtgacha qabul qilinmadi va soddalashtirilgan holda talqin qilindi. Bunda aso san gap bugungi kunda ma’lum bo‘lgan modellashtirish haqida borib, hozirgi vaqtda tarixchilar bu uslubdan samarali foydalan- moqdalar. 1 Ковальченко Д.И. Методы исторического исследования. — М.: Наука. 2003. С.204—205. I.Kovalchenko tomonidan taklif etilgan guruhlar (turlar) de- duktiv yondashuv va nazariy tahlil jihatlari bilan ajralib turadi. Sifat xususiyati bilan aniqlashtirishning belgilari ajratib ko‘rsa- tilib, tadqiqot obyektining u yoki bu tipga mansubligini aniqlash m umkin ekanligi ta’kidlanadi. Bu yondashuv keyinchalik un- ga matematik uslublarni tadqiqot jarayonida qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan edi. Tarix fani tadqiqotlarida tizimli uslub. Tarixiy-tizimli uslub ta- rix fani tadqiqotlarida matematik uslublarni va modellashtirishni qoMlash bilan bog‘liq holda qo‘llanila boshlandi. M azkur uslub turli darajadagi ijtimoiy-tarixiy tizimlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, voqelikning asosiy kompo- nentlari (tarkibiy qismlari) - individual va takrorlanmas hodisa- lar, voqealar, tarixiy vaziyatlar va jarayonlar ijtimoiy tizimlar sifa- tida ko‘rib chiqiladi. Ularning barchasi vazifalari va bir jarayonda sodir bo‘lish (namoyon bo‘lish) ketma-ketligi jihatdan bir-biri bi lan chambarchas bog‘Iiq boladi. Bu uslubdan foydalanishning dastlabki bosqichida tadqiq etilayotgan tizimni tizimlar umumiy- ligidan va uning tarkibidan ajratib olish kerak. Tadqiq etilayot gan tizim ajratib (belgilab) olingandan so‘ng uni tuzilish jihatdan tahlil qilish va tizim larning tuzilishi hamda tarkibiy qismlari- ning o‘zaro bog'liqligini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Bu jarayon da mantiqiy va matematik uslublar qo‘llaniladi. Ikkinchi bos- qichda o‘rganilayotgan tizim (tuzilish)ning shu tizim (tuzilish) ga mansub bo‘lgan umumiy tizim (tuzilish) bilan bog‘liqligi va uning tarkibiy qismidagi o‘rni va vazifaviy mohiyati hamda aha- miyati aniqlanadi. M azkur uslubni tarixiy tadqiqotlar jarayonida qoilashning murakkabligi shundaki, ijtimoiy tizimlarning mu- rakkab tuzilishga ega ekanligi va oddiy tizim (tuzilish)dan mu- rakkab tizim (tuzilish)larga (turar joy — qishloq — viloyat kabi) o‘tib borish jarayonlaridir. Tadqiqotlar jarayonida agar hodisalar- ning mohiyatini yoritish yoki aniqlash imkoni bo‘lmagan hol da umumfan uslublari va maxsus tarixiy uslublardan foydalanish tavsiya etiladi. Sinxron tahlilda nisbatan ko‘proq samaraga erishi- shi mumkin, biroq bu holda taraqqiyot jarayoni ochilmay qoli- shi mumkin. Tizimli tuzilish jihatdan va funksional jihatdan tah- lil esa haddan tashqari abstraktlashtirishga va formallashtirishga olib kelishi mumkin. Yuqorida tarixiy tadqiqotlarning eng asosiy ko‘p hollarda qo‘llaniladigan uslublari haqida so‘z yuritildi. Shunga alohida e’tibor qaratish kerakki, ularning birortasi ham tadqiqotlar jara- yonida barcha tadqiqotlar uchun xos (universal) va mutlaq uslub bo‘lishi mumkin emas. Ulardan tadqiqotlar jarayonida umum- lashtirilgan holda va tadqiqotning turli mazmuni hamda qism- laridan kelib chiqqan holda eng samarali hisoblanganlaridan foy- dalanish maqsadga muvofiqdir. Ularning falsafiy va umumfan xususiyatlarini ham nazardan qochirmaslik kerak, bu esa tarix- chiga tadqiqotlar jarayonida turli xatoliklar va noaniqliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun asos bo‘ladi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling