Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Ковальченко Д.И. Методы исторического исследования./— М.: Наука. 2003. С. 184. 2 0 ‘sha joyda.
- Genetik uslub.
Tarixiy-genetik uslub.
Tarixiy genetik uslub va retrospektiv uslublar keng tarqalgan bo‘lib, ular tarixiy voqealarning tarki- bi, vazifalari va o‘zgarishlarni ketma-ket ochib berishga yo‘nal- tirilgan. Tarixiy-genetik metodning mohiyati shundaki, o‘rganilayot- gan voqelikning tarkibi, tuzilishi, vazifalari va undagi o‘zgarish- larni tarixiy harakat jarayonlarida ketma-ketlikda tadqiq etishga qaratilgan bo‘lib, tadqiqot obyektining real holatiga imkon qadar ko‘proq yaqinlashtirilishiga imkon beradi1. Tarixchi I. Kovalchenkoning ta’kidlashiga ko‘ra mazkur uslub lar «mantiqiy tabiati bo‘yicha bu analitik va induktiv, axborotning bayon etilishga ko‘ra esa tavsifiydir»2. U sabab va oqibat o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga yo‘nal- tirilgan bo‘lib, u yoki bu tarixiy jarayonlarning kelib chiqishini tahlil qilishga asoslanadi. Bunda tarixiy voqea ham individual, ham konkret holatda ko‘rinadi. 1 Ковальченко Д.И. Методы исторического исследования./— М.: Наука. 2003. С. 184. 2 0 ‘sha joyda. Bu metoddan absolyutlashtirilgan (mutlaqlashtirilgan) holatda foydalanish ayrim xatoliklarga olib kelishi mumkin. Tarixiy ja rayonlarni o‘rgan ishga asosiy urg‘u berilgan holda bu jarayon larning barqarorligini yetarlicha baholash ham mumkin emas. Shuningdek voqealarning individualligi va takrorlanmasligini ko‘rsatgan holda uning umumiylik kasb etishini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Bunda empirizmdan saqlash tavsiya etiladi. Genetik uslub. Bu uslub tarixiy tadqiqotlarda tarixiy jarayon larning kelib chiqishini tadqiq etib, tadqiqot yo‘nalishini o£tmish- dan bugungi kunga tomon yo‘naltiradi. Bunda genetik uslub o‘tmishdan bugungi kungacha sodir bolgan tarixiy jarayonlar ning kelib chiqishi, rivojlanib borishi va keyingi holatlariga o‘ti- shi jarayonlarini voqealarning kelib chiqishi sabablarini aniqlash - ga e’tiborni qaratgan holda amalga oshiradi. Retrospektiv uslub esa bugungi kundan olm ishga yoki natija va oqibatlardan sabablarga yo‘nalgan boladi. 0 ‘tmishning saqlanib qolgan elementlari orqali uni rekonstruksiya (qayta tiklash) qi lish mumkin. 0 ‘tmish bilan tanishish jarayonida bugungi mavjud holatlarni yuzaga kelishi bosqichlari va shakllanishini aniqlash mumkin. Sinxron uslub — bir vaqtda sodir bolgan turli tarixiy vo- qealarni o‘rganishga yo‘naltirilgan. Jamiyatda har qanday hodisa o‘zaro bogliqligi sababli bu metoddan tizimli yondashishda foy dalanish bu bogliqlikni ochishga yordam beradi. Bu esa u yoki bu mintaqada sodir bolgan tarixiy jarayonlarni tushuntirishga imkon yaratadi, shu bilan birgalikda ularning iqti sodiy, siyosiy hamda turli davlatlarning xalqaro aloqalariga ta’si- rini kuzatish imkonini beradi. Xronologik uslub — har bir tarixchi tomonidan qollanilib, tarixiy jarayonlarning vaqt bo‘yicha (xronologik) ketma-ketlikda o‘rganish imkonini beradi. Biroq bunda e’tiborga molik faktlarni diqqatdan chetda qoldirmaslik kerak. Ayrim hollarda, ya’ni tarix chilar tomonidan ayrim dalillarning (faktlarning) mazkur tizim- ga jalb eta olmagan hollarda tarixiy jarayonning tavsifidagi no- aniqlikka yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bu uslubning bir ko‘rinishi muammoviy-xronologik uslub bo‘lib, yirik tadqiqot mavzusini tadqiqot jarayonida bir necha qismga bo‘lib, ularning har biri bo‘yicha alohida xronologik ji hatdan ketma-ketlikda tadqiqot amalga oshiriladi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling