Metodologiyasi
Tizimli yondashuv va tizimli tahlil
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Induksiya-deduksiya.
Tizimli yondashuv va tizimli tahlil.
Tizim — real voqelikda gi alohida tarkibiy jarayonlarning umumiy yaxlitligi bolib, ular ning o'zaro birgalikdagi faoliyati va mavjudligi ularning tarkibiy qismlariga xos bo‘lmagan yangi umumiylashgan xususiyatlarning shakllanishiga olib keladi. Har bir tizim o‘zining tartibi, tuzilishi va vazifalariga ega. Tizimning tarkibiy qismlari — ichki tizimlar va elementlardir. Jami- yatga xos bolgan ijtimoiy tizimlar birmuncha murakkab tuzilish- ga ega bolib, ularni o‘rganish va tadqiq etish tarixchining vazifa- sidir. Tizimli yondashuv uslubi jamiyat tizimlarini tartibga soluvchi qonunlarni tushunishga yordam beradi. Bunda tadqiqot jarayonida yetakchi uslub tizimli-vazifaviy (strukturaviy-funksional) tahlildir. Ayrim tarixchilar tomonidan tizimli tahlilda ko'pincha tizim ning muhit bilan birgalikdagi faoliyati inkor qilinadi. Barcha ij timoiy tizimlarning asosi o‘ta mustahkam bolgan o‘ziga xos- lik bolib, buning natijasida struktura (tizim) o‘zgarmas boladi. 0 ‘zgarmas holatlarni sinxron o‘rganishga bolgan moyillik ko‘p hollarda dinamik diaxron tahlil (turli o‘zgarishlarni tadrijiylik, bosqichlari bo‘yicha tahlil)dan voz kechishga olib keladi. Induksiya-deduksiya. Induksiya — alohida holatlardan umumiy voqealarga tomon tahlil etish. Deduksiya — umumiy holatlardan alohida, dastlabki voqealarga tomon o‘rganish. Tarixchi dalillarni (faktlarni) o‘rganish natijasida umumiy tu- shunchalarga keladi, yoki aksincha, dalillarni (faktlarni) tushun- tirishda o‘ziga ma’lum tushunchalarni qo‘llaydi. Har bir dalil (fakt) da umumiy holatning ayrim qismlari mavjud bo‘ladi. Dastlab u alohida dalillar (faktlar) sifatida namoyon bo‘lsa, keyinchalik ham shundayligicha namoyon bo‘ladi. F.Bekon aynan induksiyani aso siy uslub deb hisoblaydi. Uning fikricha, deduksiyadagi muayyan bir fikrga kelish va to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘p hollarda xatolik- ka uchraydi. XIX asr tarixchilari aksariyat hollarda induktiv uslub- ni qo‘llaganlar. Hozirgi kunda ham deduktiv uslubga shubha bilan qarash mavjud. D.Elton manbalardagi empirik materiallarga xos bo‘lmagan nazariyalarni qo‘llash fan uchun zarar keltirishi mum kin, deb hisoblaydi. Biroq uning bunday keskin nuqtayi nazar boshqa tarixchilar tomonidan ma’qullanmadi. Hodisalarning tub mohiyatiga yetishish va uni anglash uchun o‘zaro yaqin fanlardan hamda tushuncha va nazariyalardan foydalanish lozim. Induksi- ya va deduksiya bir-biriga bog‘liq va ular bir-birini to‘ldirib keladi. Analiz (tahlil) va sintez (hodisalami o‘zaro bog‘langan, bir butun holda tekshirish, olingan natijalarni umumlashtirish, ulardan bir bu tun xulosa chiqarish) uslublari. Mazkur tadqiqot uslublari ham ta rixchilar tomonidan tadqiqotlar jarayonida keng qo‘llaniladi. Tahlil obyektning turli tomonlarini alohida ajratib olgan holda, bir butun hodisani alohida qismlarga ajratgan holda o‘rganadi. Tarixchi o‘rga- nilayotgan davr yoki tadqiqot obyektini tadqiqot jarayonida bir butun, yaxlit holda jalb qila olmaydi yoki tadqiqot ko'lami tadqiqot obyekti ni yaxlit holida qamrab ololmaydi. 0 ‘rganilayotgan obyektning yoki davrning turli omillarini hamda tadqiqot obyektini turli nuqtayi na- zarlardan tadqiq etayotgan tarixchi tahlil natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni birlashtiradi va umumlashtirgan holda bir butun, yaxlit tushunchaga yoki xulosaga keladi. Tarixda va tarixiy tadqiqotda sintez nisbatan murakkab uslub bo‘lib, tadqiqot obyektini tushunishda sifat jihatdan jiddiy ravishda olg‘a siljishga imkon beradi. «Tarixiy sintez» tushunchasi A.Berr tomonidan ishlab chiqil- gan. U XX asr boshlarida «Tarixiy sintez jurnali»ni va Xalqaro Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling