Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Neokantchilik.
Neokantchilik pozitivistlarning qarashlariga qarshi tarzda shakllanib, XIX asrning 80-yillarida V.Diltey to monidan ilgari surilgan. Ularning qarashlaricha ijtimoiy^hayotda hech qanday qonuniyatlar mavjud emas, tarixchining subyektiv xatti-harakatlari (boshidan kechirganlari, ko'rgan-bilganlari) bi lishning eng asosiy vositasidir, tarixiy dalillar — bilishning asosiy dalillaridir deb hisoblaydilar. Fandagi (ilmdagi) ong, aql, idrok haqidagi (bunga tarixni ham qo‘shadilar) bilishning eng asosiy vositasi bu — tushunish va intuitsiya (sezgirlik)dir deb ko‘rsata- dilar. Neokantchilarning ta ’kidlashicha, tarix individual, alohida konkret holatlar bilan bogliq boladi, tarix poeziyaga va san’at- ga yaqin bo‘lib, ko‘proq tavsifiy xususiyatga egadir. V.Dilteyning «ong, idrok haqidagi fan»ning tabiiy fanlarga qarama-qarshi qo‘yishi tushunchasi neokantchilarning Baden maktabida V.Vin- delband va G.Rikkertlar tomonidan yanada rivojlantirildi. G.Rik- kertning ta’kidlashicha tabiiy fanlar uchun asosiy uslublar yetak- chi mavqeda (generallashgan) bo‘lib, umumlashtiruvchi (ya’ni jarayonlarni o‘rganishdan boshlab tizimlarni o‘rganishgacha, tav- siflashdan tahlilga o‘tishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr) xususiyat ga ega. Tarix uchun esa uslublar individual xususiyatga (alohida yakka jarayonni yoki holatni tadqiqot jarayonida ustun qo‘yish) egadir. Neokantchilar tomonidan ilgari surilgan eng asosiy uslub — dalillarni qadriyatlarga tenglashtirishdir. Bunda qadriyatlar si fatida hodisalar yoki dalillarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Bu o‘rinda davlat, san’at, din kabilar tushunilgan. Tarixning pred- meti sifatida esa insoniyatning madaniy hayoti ko'rsatilib, tarixni individuallashtiruvchi empirik fan deb hisoblanadi. Garchi bu qarashlar barcha tarixchilar tomonidan birdek qa bul qilinmagan bo‘lsada, ayrim hollarda ularning o‘zgargan va yangilangan holatdagi elementlari tarixiy tadqiqotlarda uchrab turadi. Ko‘plab faylasuflar va tarixchilar tarix fanida nazariya- ning muhimligini inkor qiladilar va garchi tarixning fan sifatida- gi maqomini asoslab berishda yetarli bo‘lmasada tarixdagi tak- rorlanmaslikka va individuallikka urg‘u beradilar hamda buni o‘z o‘rnida tarixni «soxtalashtirilgan sotsiologiyalashtirish»dan ma’qul deb hisoblaydilar. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling