Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Marksizm. 
Pozitivizm bilan bir qatorda bu davrda yangi qa- 
rash, ya’ni tarixni materialistik tushunish g‘oyasi shakllandi. Bu 
g‘oya dastlab K. Marks va F.Engelsning «Kommunistik partiya 
manifesti» (1848) nomli kitobida, keyinchalik «Kapital» asarida 
ko‘rsatib berildi.
Marksistlar va marksizm tarafdorlari tarixni falsafiy umum- 
lashtirish, uning asosiy qonuniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan 
o‘zlariga xos «ilmiy» g‘oyani ilgari surdilar.
Bu g‘oyaning mazmuniga ko‘ra kishilik jamiyati taraqqiyo­
tining asosini ishlab chiqaruvchi kuchlarning va ishlab chiqa­
rish munosabatlarining dialektikasi tashkil etadi. Bu yerda gap 
pozitivistlar kabi faqatgina iqtisodiy omillar haqida emas, balki 
moddiy ne’matlarning yaratilishi va moddiy farovonlik haqi­
da ham bormoqda. Marksizmga ko‘ra jamiyat taraqqiyotining 
asosida ishlab chiqarish shakllarining almashinuvi, ya’ni ibti- 
doiy jam oa shakli, antik, feodal, burjuacha va kommunistik ish­
lab chiqarish shakllari ketma-ketligi yotadi. Tarix — bu sinf- 
lar o‘rtasidagi kurashdan iborat, deb ko‘rsatiladi. Tarixda sodir 
bo‘lgan har qanday voqea va jarayonlardan sinfiy kurash omilini 
izlash kerakligi ko‘rsatilib, K.Marks bu g‘oyaning yuzaga kelishi 
o‘ziga tegishli emasligini ham ta’kidlab o‘tadi. Haqiqatan ham 
bu boradagi dastlabki fikrlar O.Tyerrining «Завоевание Англии 
норманнами» («Angliyaning norm annlar tom onidan zabt eti- 
lishi») asarida istilochilarni (norm annlarni) hukm ron sinf, 
mag‘lubiyatga uchraganlarni esa eziluvchi, jabrlanganlar sifatida 
ko‘rsatib o‘tadi. Keyinchalik F.Gizo sinflarga bo‘lishda mulkiy 
farqlanish om ilini ham ko‘rsatib o‘tadi. K.Marks esa sinflarning 
ishlab chiqarish tizimidagi o‘rnini ko‘rsatib berdi. Uning sinfiy 
bo'linishga barham berishda proletariat (ishchilar sinfi) diktatu-


rasining muqarrarligi haqidagi fikrlari va g‘oyalari jamiyat hayoti 
uchun o‘ta darajada keskinligi (radikalligi) sababli o‘z davrining 
ko‘pgina tarixchilari va mutafakkirlari tom onidan qat’iy ravish­
da rad etildi. Biroq ayrim hollarda xorij tarixchilari tomonidan 
tarix fanida sinfiy yondashuvning qisman o‘zgartirilgan holatda- 
gi ko‘rinishlari bo‘yicha, ya’ni mulkiy daromadi darajasiga qarab 
o‘rganish ham uchrab turdi.
F.Engels K.Marksning tarixni materialistik tushunish borasida- 
gi qarashlari haqida fikr bildirar ekan, bunda xatoliklar ham mav- 
judligini ta’kidlab o‘tgan. Bu vaqtda ayrim tarixchilar tomonidan 
iqtisodiy omilga tarixiy jarayonlarni belgilab beruvchi taraqqiyot- 
ning yagona omili sifatida qaralgan, bu esa «soxtalashtirilgan ma- 
terializm» tushunchasining shakllanishiga olib keldi. Aslida esa, 
iqtisodiy omil taraqqiyotning yakuniy bosqichida muhim o‘rin 
tutgan bo‘lsa, ayni vaqtda tarixiy jarayonlarni belgilab beruvchi 
va jamiyat taraqqiyotiga ta’sir o‘tkazuvchi siyosiy, huquqiy, maf- 
kuraviy, falsafiy, diniy, adabiyot va san’at kabi asosiy omillarning 
mavjudligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
XX 
asrning 90-yillariga kelib marksizm qarashlari asosida- 
gi «tarixni materialistik tushunish» g‘oyasi tarixchilar tomonidan 
rad etildi va bu tamoyillar asosida amalga oshirilayotgan tari­
xiy tadqiqotlar ham barham topdi, endi tarixchilar tadqiqotlar ja­
rayonida ilmiy ijodiy erkinlikka erishib, shu vaqtgacha «yagona 
va to‘g‘ri» deb hisoblab kelingan tarixni materialistik tushunish 
g‘oyasi va tadqiqotlarni ham shu qarashdan kelib chiqqan holdagi 
«ilmiy xulosalarga moslashtirish»dan voz kechib, tarixni umum- 
fan tadqiqotlari tamoyillaridan kelib chiqqan holda ilmiy va ta­
rixiy, obyektiv jihatdan tadqiq qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar va 
bu jarayonlar hozirgi kunda ham takomillashtirib va mukammal- 
lashtirib borilmoqda.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling