Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. 66—67-bb. 185
Pozitivizm.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tarix- shunoslik sohasida ingliz olimi O.Kontning «pozitiv» falsafasi katta ta’sirga ega bo‘la boshladi. Uning izdoshlari tarix fanini ham «pozitiv» fanga aylantirishga harakat qildilar. Tarixchi turli xil «keragi yo‘q, kulgili» tizim lardan voz kechishi, aniq dalillarni qaror toptirish va ularni tavsiflab berish, dalillarni tekshirish va manbalarni tanqidiy tahlil qilishga e’tibor qaratishi kerak, deb hisobladilar. Pozitivistlar tarixni «pozitiv» bilimga aylantirishga harakat qildilar. Bu tushunchaning mohiyati shundaki, pozitivistlar ham ma haqiqiy, pozitiv bilimlar konkret fanlarning mahsulidir, falsafa esa bunday bilimlarni bera olmaydi, shuning uchun uning kera gi yo‘q, degan g‘oyaga asoslangan subyektiv qarashga ega edilar. Ular tarixiy dalillar bilan qanday ishlash, manbalarni tahlil qilish bo‘yicha bir qancha metodlarni taklif qildilar. «Pozitiv tarix» g‘oyasiga nemis tarixchilari va neokantchilari V.Vindelband va G.Rikkertlar darhol qarshi chiqib, tarixni jami- yatning rivojlanib boruvchi qonuniyatlari asosida emas, balki, alohida va takrorlanmas holatlar, ko‘rinishlar asosida o‘rganishni tarixchi oldiga vazifa qilib qo‘ydilar. Pozitivistlarning fikricha, jamiyatning taraqqiyot qonunlari bu tabiat qonunlarining davomidir. O.Kont sotsiologiyaning asos- chisi sanalib, evolyutsion yondashuvni (oddiylikdan murakkab- likka qadar) jamiyat taraqqiyoti qonuniyatining asosi ekanligini himoya qildi. Jamiyat evolyutsiyasiga bir qator omillar ta’sir o‘tkazadi, ya’ni siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, geografik, mafkuraviy, biologik, psixo- logik va boshqalar bo‘lib, ular jamiyat taraqqiyoti jarayonida teng 1 Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. 66—67-bb. 185 o‘ringa va ahamiyatga ega bo‘lib, bir vaqtda harakatda bo‘ladi!ar, ya’ni ularning har biri jamiyat hayotida bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lib turadi. Tarixchilar esa bu omillarni alohida yoki bir vaqtda bir nechasinigina o‘rganib, tadqiq etganlar. Hozirgacha tarixchi larning tadqiqotlarida bu holatni kuzatish mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga qiziqish va statistik uslublarni qo‘llash alohida o‘rin tuta boshladi. Bu ham o‘z o‘rnida tarix fani tadqiqotlarida ilgarilashga intilish bolib, ishlab chiqarish tarixi, qishloq xo‘jaligi tarixi, savdo-iqtisodiy munosabatlar tarixi tarixiy tadqiqotlarning obyektiga aylanib bordi. Asosiy e’tibor intellek- tual taraqqiyot, aqliy rivojlanishga qaratildi. Tarixchi pozitivist- lar ilgari surgan uslublardan biri bu tarixiy taqqoslash uslubidir. Pozitivistlarning asosiy kamchiliklari — tarixda hodisalarning ichki sabab-oqibat aloqadorligi imkoniyatlarini inkor qildilar va tarixchining asosiy vazifasi tarixiy hodisalar sodir bolishining «nima uchun sodir bo‘ldi» degan savolga emas, balki «qanday so dir bo‘ldi» degan savolga javob berishdan iborat deb hisobladilar. Pozitivizm barcha tarixchilar tom onidan birdek qabul qilin- maganligi sababli uni turli tarixchilar turlicha nuqtayi nazardan qo‘llaganlar va tarixshunoslik sohasida o‘ziga xos iz qoldirgan- lar. Ulardan biri Buyuk Britaniyalik G.Bokl jahon sivilizatsiyalari tarixini yaratish maqsadida 19 ta tilni o‘rganib, 20 mingdan ortiq kitobga ega bo‘lgan kutubxona tashkil qildi, biroq u faqatgina ik- ki kitobdan iborat «Angliya sivilizatsiyalari tarixi» nornli kitobi- ni yozishga ulgurdi. Bu kitobning ahamiyati shundaki, tarixchilar G.Bokl tomonidan yozilgan va qo‘llangan uslublar va tadqiqot- dagi yondashuvlarni pozitivizm yondashuvining etaloni sifatida e’tirof etdilar. U tarixga eng mardonavor hamda murakkab va qiyin mashg'ulot sifatida ta’rif bergan. G.Bokl aqliy taraqqiyot ja- rayonining asosiy omili sifatida qonuniyatlarni izlab, ularni ik- kilanish va shubhalanish aqliy taraqqiyotning harakatlantiruv- chi manbayi deb ko‘rsatadi. Tarixiy hodisalarni aqliy taraqqiyot jarayonlariga ta ’sir ko‘rsatish nuqtayi nazaridan baholadi. XIX asr oxirlariga kelib pozitivizm asta-sekin o‘zining ilg‘or qarashlarini yo'qota boshladi va tarixchilar ko‘proq empirizmga e’tibor qarata boshladilar. Shunga qaramay XIX asrning ikkinchi yarmini tarix fanining rivojlanishi davri sifatida baholanadi va bunda pozitivistlarning ham o‘ziga xos hissasi bo‘lgan. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling