Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Tarixiylik tamoyili.
Tarixiylik tamoyilining shakllanishi va taraq- qiy etib borishiga bir qator mutafakkirlar o‘z hissalarini qo‘shganlar, biroq ularning orasida asosiy fikrlar nemis «huquq tarixi maktabi» vakillari, fransuz restavratsiyasi davri tarixchilari va G.Gegel tomo nidan bildirilgan. G.Gegelning tarixiylik tamoyilining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi dialektik uslubni asoslab berganligida edi. K.Marks tarixni materialistik tushunish g‘oyasini shakllanti- rib, G.Gegelning dialektik uslubini materialistik asosga yo‘naltir- di, nemis «huquq tarixi maktabi»ning tarixiylik tamoyilini «ken- gaytirgan» holda jamiyatning qayta shakllanishi (boshqa shaklga o‘tishi — formatsiya) va «kapitalizmning tanazzuli» haqidagi fikr- larni ilgari surdi. Nemis «huquq tarixi maktabi» vakillari bu masalada amaldagi davlat va huquq shakllari siyosatchilarning volyuntarizmi (tarixiy taraqqiyotning obyektiv qonunlari bilan hisoblashmay, o‘z bilga- nicha ish tutish) oqibatlari emas, balki uzoq davom etgan «jon- li» (organik) taraqqiyot va nemis «ruhi»ning paydo bo‘lishidan kelib chiqib yondashganlar. Zamonaviy davlatni tushunish va uning faoliyatini anglash uchun eng avvalo uning tarixini o‘rga- nish lozim. Aynan ana shu tushuncha tarixiylik tamoyili edi, ya’ni har qanday hodisani, tarixiy voqelikni, davlat muassasalari- ning ta’sis etilishini tushunish uchun eng avvalo ularning tarixini o‘rganish va tarixiylikdan kelib chiqqan holdagina ularni anglash mumkin, degan tushuncha shakllangan edi. Tarixiylik tamoyiliga qo‘yUadigan asosiy talablar haqida so‘z yuritganda quyidagilarni alohida ko‘rsatib o ‘tish kerak: — hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va ularning kelib chiqishi hamda ro‘y berishidagi umumiy bog‘liqlik va kelib chi- qish sabablaridagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlash; — hodisalarning sodir bo‘lishi bosqichlaridagi o‘zaro aloqa dorlik, bir hodisa yoki jarayonning ikkinchi hodisa yoki jarayon ning kelib chiqishidagi ta’sirini o‘rganish va aniqlash; — barcha hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda ularga tarixiy lik nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda yondashish; — hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlashda jarayonlar ning tarixiy ahamiyatini ko‘rsatib berish. Bu hozirgi tarixiylik tamoyili va uslublarining asosiy maz munini tashkil etadi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling