Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tayanch tushunchalar: 
tarixiy qonuniyat, tarixiy rivojlanishda 
muqobillik, tarixiy zamon kategoriyalari, o‘tmishni toldirishning 
xilma-xilligi va xronologik jadvallarning tuzilishi, subyektivligi
tarixiy rivojlanish davrlari.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Tarixiy qonuniyat va tarixiy qonun tushunchalar ini izohlab 
bering.
2. Tarixiy rivojlanishda muqobillik qanday tushuncha?
3. Tarixiy zamon kategoriyalari.


4. Tarixni davrlashtirish masalalariga izoh bering.
5. Tarixiy zamon kategoriyalari haqida tushuncha bering.
6. 0 ‘tm ishni to‘ldirishning xilma-xilligi.
7. Xronologik jadvallarning tuzilishi.
8. Xronologik jadvallarning subyektivligi.
9. Tarixiy rivojlanish davrlari.
Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati:
Apologetika 
— diniy ibora bo‘lib, ayrim hollarda tarix fanida 
ham qo‘llaniladi va ko‘r-ko‘rona himoya qilish ma’nosida tarixiy 
voqealarning va jarayonlarning barchasi oldindan belgilangan va 
ma’lum qonuniyatlarga asoslangan holda sodir bo‘ladi degan te- 
ologik tushuncha.
Volyuntarizm 
— falsafada voqelikning negizi irodadadir, deb 
biluvchi va obyektiv taraqqiyot qonunlarini rad etuvchi idealistik 
yo‘nalish. Psixologiyada irodani psixik hayotning asosiy omi- 
li deb qarash. Tarix fanida esa tarixiy taraqqiyotning obyektiv 
qonunlari bilan hisoblashmay, o‘zboshimchalik bilan ish tutish. 
Volyuntaristlarning ta’kidlashicha, inson tarixni ijod qiluvchi, 
uni shakllantiruvchi omildir, inson tarixiy jarayonda o‘ziga 
zarur va o‘zi xohlagan jamiyatni barpo eta olishi mumkin deb 
hisoblaydilar.
Pozitivistlar 
— (pozitiv — tajribaga, faktlarga asoslanish). 
Pozitivistlar tarixni «pozitiv» bilimga aylantirishga harakat 
qildilar. Bu tushunchaning mohiyati shundaki, pozitivistlar 
ham m a haqiqiy, pozitiv bilim lar konkret fanlarning mahsulidir, 
falsafa esa bunday bilim larni bera olmaydi, shuning uchun 
uning keragi yo‘q, degan g‘oyaga asoslangan subyektiv qarash- 
ga ega edilar. U lar tarixiy dalillar bilan qanday ishlash, m an- 
balarni tahlil qilish bo‘yicha bir qancha m etodlarni ham tak­
lif qilganlar.
Ratsionalist 
— hayotga aql ko‘zi bilan qarovchi, mulohazakor, 
aql-idrokka asoslangan hukm (fikr). Falsafada ratsionalizm — ta- 
fakkurni hissiy tajribadan ajratib qo‘yadigan va aqlni bilishning


birdan-bir manbayi deb hisoblaydigan falsafiy oqim. Tarix fanida 
har qanday tarixiy jarayonni aql-idrok, mulohazakorlik va ilmiy- 
likka asoslangan holda tushunish va talqin qilish.
Fatalist 
— taqdirga ishonuvchi, taqdir, peshanaga yozilgani, 
qismatga bitilgani sodir bo‘ladi, deb hisoblaydi, fatalistlar (tarix 
fanida) — voqealar sodir b o lish i muqarrar, uni muhokama qi­
lish maqsadga muvofiq emas deb hisoblovchilar. Fatalistlarning 
fikricha, tarix o‘zining avvaldan m a’lum yo‘lida g‘ildirab kela- 
veradi, unda ham m a narsa qonuniy va zaruriy, inson esa shid- 
dat bilan sodir bo‘layotgan bu jarayonda mayda va arzimas pay- 
rahadir (ya’ni inson tarixiy jarayonning sodir bo‘lishida hech 
qanday rol o‘ynamaydi va unga ta’sir ko‘rsata olmaydi) deb h i­
soblaydilar.



Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling