5. Nima uchun R.Aronning dalillar haqidagi yondashuvi
o‘zini oqlamadi?
6. G.M.Ivanovning dalillar haqidagi
fikrlari va dalillarning
guruhlari haqida m a’lumot bering.
7. «Oddiy» va «murakkab» dalillar.
8. Dalillarni o‘rganishda tizimli yondashuvni nima?
9. I.Kovalchenko tomonidan taklif etilgan dalillarning dara-
jalari haqida ma’lumot bering.
10. Tarixiy voqelikka aloqador dalillar qanday dalillar?
11. Tarixiy manbalardagi dalillar qanday dalillar?
12. Tarixiy-ilmiy dalillar qanday dalillar?
Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati:
Interpretatsiya
— sharhlash, izohlash, tushuntirib (izohlab)
berish, talqin qilish.
Mantiq (mantiqiylik)
—
mantiq ilmi, mantiqiy fikr (fikrlash),
inkor qilib bo‘lmaydigan mantiq (mantiqan to‘g‘ri xulosa yoki
fikr), ichki (mantiqiy) qonuniyat —
voqealarning ichki qonuni-
yatlar asosida (mantiqiy bog‘lanishda) kechishi, mantiqiy xulo
sa,
mantiqiy izchillik, mantiqan to‘g‘ri mulohaza qilmoq, m anti
qiy fikr yuritmoq.
Relyativistik yondashuv (relyativistlar)
—
voqelikni obyektiv
ravishda bilish mumkinligini inkor etadigan metodologik g‘oya,
unga nisbiylik asosida yondashish tarafdorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: