Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Axborotning nazariy manba sifatidagi o‘rni.
2. Manbaning axborot tashuvchi ekanligi.
3. Axborot nima?
4. Yaqqol va yashirin axborot nima?
5. Belgilangan va belgilanmagan axborot nima?
6. Axborotning yetishish va yetishmaslik muammosi nima?
7. Ilk manba qanday manba?
8. Birinchi axborot nima?
9. Manba axborotining tugallanmasligi.
10. Manbalar mazmuniga sistemali (tizimli) yondashuv.
11. Manbaning matni nima?
12. Asosiy manbalar qanday manbalar?
13. Qo‘shimcha manbalar qanday manbalar?
14. Tarixchining manbalardan tashqari bilimi.
Mavzuga aloqador so‘z!arning izohli lug‘ati:
Axborot
— dunyoda sodir bo‘lgan turli hodisalarning tasviri-
dir. Axborotning doimiy almashinuvi jamiyat hayoti va inson
hayotini izga solib turilishining asosiy shartlaridan biridir. Ax
borot ochiq ifodalangan va yashirin holatda (keyingisi ko‘p
uchraydi) bo‘ladi.
Manba
— o‘tmish haqida axborot tashuvchilar manbalar hi-
soblanadi. Manbalar bir necha turli bo‘lishi mumkin: yozma (bel-
gili) manbalar; moddiy manbalar; etnografik manbalar; xalq og‘za-
ki ijodiga oid manbalar; lingvistik (tilshunoslikka oid) manbalar.
Empirizm
— nazariy umumlashtirishni inkor qilib, hissiy
idrokni, tajribani bilishning birdan bir manbayidir deb biladigan
falsafiy yo‘nalish, nazariyadan ko‘ra amaliy faoliyatga ko'proq
moyil bo‘lishlik, amaliy faoliyatga moyillik.
TARIXIY DALIL YA UNING INTERPRETATSIYASI
Tarixiy dalil va uning interpretatsiyasi. Dalil. Tushuncha to‘g ‘risi-
dagi bahslar. X IX asrda dalilga sig‘inish. Dalil tadqiqotlarining nati-
jasi. Interpritatsiyaning «yumshoqligi» va dalilning «musiahkamligi».
Do'stlaringiz bilan baham: |