mot qancha ko‘p bo‘lsa,
shuncha yaxshi, biroq muhim bo‘lmagan
va ahamiyati kam bo‘lgan ma’lumotlar tadqiqotchi tomonidan
aniqlanib, ularni asosiy ma’lumotlardan ajratib qo'yish maqsadga
muvofiqdir. Bundan axborotning yetarliligi masalasi kelib chiqa-
di va bularning hammasi manbalarning tahlili va tadqiqoti jara
yonida e’tiborga olinishi lozim.
I.Kovalchenkoning ta’kidlashicha,
manbaning yuzaga kelish
jarayonining o‘zi axborotlashish va axborotlashtirish jarayonidir.
Manbaning yaratuvchisi yoki tarixnavis manbani yozish jarayoni
da aniq maqsadni qo‘yadi va bir qator vazifalarni amalga oshira-
di. Manba muallifming o‘zi voqelikning bir qismidir. Yaxshi yoki
yomon manbalar bo‘lmaydi, bular tadqiqotchining
tahlilga yon-
dashuvi va qo‘llayotgan tadqiqot metodlarining samaradorligiga
bog'liqdir.
Har qanday manba ikki tomonlama axborot tashuvchi xusu-
siyatiga ega hisoblanadi.
Birinchidan, muallifning tafakkuri va
ongi mahsuli sifatida biz tadqiqot obyekti haqida ma’lumotga
ega bo‘lamiz, ikkinchidan, manbalar
axborot beruvchi subyekti-
ni belgilaydi.
Statistikaga manba sifatida baho berar ekan, I.Kovalchenko
manbalardan statistikaga oid ajratib olingan har qanday ma’lumot
axborotning yo‘qotilishiga olib keladi.
Manbalarning eng qimmatlisi dastlabki ma’lumotlar yoritib
berilgan
manbalar, ya’ni birlamchi manbalardir.
Abu Rayhon Beruniyning qayd etishicha, «xabar xabarchilar
sababli rost va yolg‘on tusini oladi»1.
Har qanday manbada o‘tmish taassurotlari
va voqealarning
tafsilotlari saralangan holda qayd etilishi tabiiydir. Bunda vo
qealarning to‘laqonli tafsilotlari haqidagi tasavvurlar cheklanadi,
bunday holatda tarixchi yoki tadqiqotchi umidsizlikka tushmas-
dan, manbalardagi axborotlarning tugallanmasligiga e’tibor qa-
Do'stlaringiz bilan baham: