Ziddiyatlarni vijudga kelishi


Download 190.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana27.06.2023
Hajmi190.45 Kb.
#1657046
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jahon xo’jaligi



JAHON XO’JALIGINING GLOBALIZATSIYASIDA O`ZIGA XOS 
ZIDDIYATLARNI VIJUDGA KELISHI 
 
MUNDARIJA: 
 
1. JAHON XO’JALIGINING GLOBALLASHUVI YO’NALISHLARI VA 
ZIDDIYATLARI 
 
2. XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLARNING SHAKLLARI. 
JAHON INFRATUZILMASINING RIVOJLANISHI. 
 
3. JAHON XO’JALIGI ALOQALARINI XALQARO TARTIBGA 
SOLISH 
 
4. XULOSA
 
5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Kirish 
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni 
ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’liq bo’lib, ular jahon 
xo’jaligi sub’еktlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi xatti-
harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. 
Shuningdеk, bu tushunchalar bir-biridan farqlanadi. Birinchidan, ular bir xilda 
bo’lmagan xo’jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Oldingi o’rinda 
ko’rsatilganidеk, baynalminallashuv jahon xo’jaligining bir nеcha sub’еktlari 
o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichi 
hisoblanadi. Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo’jaligining 
butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining 
tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. 
Bugungi kunda globallashuv jarayoni ahamiyatining tobora oshib borishi 
iqtisodiy adabiyotlarda uning rivojlanish yo’nalishlari va ziddiyatlari kabi 
masalalarning ham ko’rib chiqilishini taqozo etmoqda
1
.
Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun borliqni 
qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u 
jahon xo’jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga 
taalluqli bo’lgan ma’lum bir unsurlarini o’z ichiga olishi mumkin. Shunga ko’ra, 
hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining globallashuv yo’lidagi rivojlanishining dastlabki 
qadamlari, yo’nalishlari amalga oshmoqda. 
Globallashuvning yo’nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan 
yangi bo’lgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib topishiga olib kеladi. 
Globallashuv jarayonining quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchi yo’nalishmulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda 
mulkiy o’zlashtirishning mamlakatlar hududidan chеtga chiquvchi, ko’plab 
davlatlarning ishtiroki asosida ro’y bеruvchi ko’rinishlari amal qilmoqda. Bularga 
transmilliy korporatsiyalar (TMK), shuningdеk TMKning xalqaro birlashmalarini 
misol kеltirish mumkin. 


Еvropa ittifoqi tajribasi shuni ko’rsatadiki, mintaqaviy intеgratsiyalashuv milliy 
tuzilmalardan yuqori turuvchi organlarni tarkib toptirishi mumkin. Bu organlar 
yeIga a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham ma’lum darajada tartibga 
soladi.
Ikkinchi yo’nalish – koopеratsiya va mеhnat taqsimotining nisbatan yuqori 

Download 190.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling