Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tayanch tushunchalar: ong, yaxlit borliq, haqiqatni anglash, 
sharq tarixnavisligi, falsafly yondashuv, axloqiy va ma’naviy me- 
zonlar, ijtimoiy mansublik omili, adolat ustuvorligi, tarixiy-badiiy 
yo‘nalish, Olam asoslari, Sharq tarix falsafasi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Sharq tarixnavisligining o‘ziga xosligini nimalarda ko£rasiz?
2. Tarixiy jarayonlarning butun borliq bilan bog‘lagan holda 
yoritilishi tushunchasini izohlab bering.
3. Tarixiy voqelikni haqqoniy talqin qilish deganda nimani 
tushunsiz?
1 Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. 29-30-bb.
90


ABU RAYHON BERUNIYNING TARIXIY 
ILM IY M EROSI
Abu Rayhon Beruniyning tarixiy ilmiy merosi. Abu Rayhon 
Beruniy va tarix fanida axborotning nazariy masalalari. Abu 
Rayhon Beruniy va tarix fanida tadqiqot uslublarining nazariy 
masalalari.
Sharq tarixchilari orasida turli davrlarda tarixni o‘rga- 
nish va tarix fanining rivojiga katta hissa qo‘shgan tarixchi- 
lardan Abu Rayhon Beruniy (973—1048-yy.) alohida o‘rin tuta- 
di. M utafakkirning yaratgan 152 asaridan 15 tasi bevosita tarix 
ilmiga bag‘ishlangan. Ayniqsa tarix to ‘g‘risidagi chuqur bilim- 
larini o‘z ichiga olgan «Osor ul-boqiya an al-qurun al-holiya» 
(«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») ham da «Hindiston» 
yoki «Kitab tahqiq m olil-H ind m in m anqula fi-1-aql va-l-mar- 
zuma» («Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta ’li- 
m otlarining tadqiq etish») va «Kitob ul-m usam m ara fi axbo- 
ri Xorazm» («Xorazm haqidagi axborotlar haqida suhbatlar») 
nomli asarlari bilan jahon tarix fani va m adaniyat tarixiga kat­
ta hissa qo‘shdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov 
Beruniy siymosi haqida so‘z yuritar ekan, quyidagi fikrlarni 
bildiradi: «Milliy tariximizning yana bir yorqin yulduzi Abu Ray­
hon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, amerikalik fan 
tarixchisi Sarton XI asrni «Beruniy asri» deb ta’riflaydi. Bunday 
yuksak va haqli baho avvalo qomusiy tafakkur sohibi bo‘lmish 
buyuk vatandoshimizning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos 
hissasi bilan izohlanadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Beruniy il­
miy masalalarda ham, tarixiy voqea-hodisalarga, o‘z zamondosh- 
lariga baho berishda ham o‘ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr 
yuritgan. Shu bois ham u hayotda ko‘p aziyatlar chekkan, hatto 
um rining oxirida turmush qiyinchiliklariga duchor bo‘lgan, am­
mo har qanday og‘ir sharoitga qaramasdan, e’tiqodidan qaytma-


gani uning o‘z ma’naviy ideallariga naqadar sodiq bo‘lganidan 
dalolat beradi1».
Abu Rayhon Beruniy va uning tarixiy-ilmiy merosi haqida 
so‘z yuritib, taniqli olima F.Sulaymonova quyidagilarni ta’kid- 
lab o‘tadi: «Taqdir taqozosi bilan Beruniy nomi va asarlari to 
XIX asrgacha ovrupolik olimlar diqqatidan deyarli chetda qolib 
kelgan. Faqat 1876—1878-yillarda avstriyalik olim Eduard Zaxau 
Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari- 
ning arabcha matnini chop ettirdi, 1879-yilda esa ingliz tiliga 
tarjimasini ommalashtirdi. Natijada ovrupoliklar kechikib bo‘lsa- 
da, Beruniy asarlari bilan tanisha boshladilar»2.
Darhaqiqat, Yevropa olimlari, xususan tarixchilari antik davr- 
da va o‘rta asrlarda yaratilgan tarix kitoblarini chuqur o‘rganish 
borasida juda katta ishlarni amalga oshirganliklarini e’tirof qilish 
bilan birga aytib o‘tish kerakki, nafaqat Abu Rayhon Beruniyning
balki Sharqning boshqa tarixchilarining barcha asarlarini ham il­
miy jihatdan mukammal tadqiq qilmaganlar. Buning isboti sifati­
da zamonaviy tarix fanining nazariy masalalari, metodologiyasiga 
oid bir qator ilmiy nazariy qarashlar va yondashuvlar, tadqiqot 
uslublarining turli jihatlari borasida bildirilgan fikrlarda Beruniy 
va boshqa tarixchilarning qarashlari e’tibordan chetda qoldirilgan.
«Aynan musulmon sharqi tarixchilari bizga o‘zlarining 
an ’anaviy tarixnavisligiga asoslangan holda Hindiston tarixi- 
ga oid qimmatli ma’lumotlarni qoldirdilar. XI asrdayoq Beruniy 
o'zining Hindiston haqidagi keng ko‘lamdagi asarini yozdi. Bu 
asar sanskrit tilidagi matnlarga asoslangan bo‘lib, asar muallif- 
ning o‘zga xalqlar e’tiqodi, urf-odatlari haqidagi chuqur bilim- 
ga ega ekanligi va qimmatli ma’lumotlari bilan e’tiborni tortadi.
Afsuski bu asardan Yevropada tarix fanining rivojlanishida ye­
tarli darajada foydalanilmadi, sharq tarixnavisligida esa buyuk

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling