Metodologiyasi
Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. 30—31-bb
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. 30—31-bb.
79 miy masalalarda ham, tarixiy voqea-hodisalarga, o‘z zamondosh- lariga baho berishda ham o‘ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda ko‘p aziyatlar chekkan, hatto um rining oxirida turmush qiyinchiliklariga duchor bo‘lgan, am mo har qanday og‘ir sharoitga qaramasdan, e’tiqodidan qaytma- gani uning o‘z ma’naviy ideallariga naqadar sodiq bo‘lganidan dalolat beradi1.» Abu Rayhon Beruniy asarlari orasida «Osor ul-boqiya» asa- ri alohida muhim ahamiyat kasb etib, asarda qadimgi 0 ‘rta Osi- yo, Yunon, Eron, Hind, nasroniy, yahudiy va boshqa xalqlar- ning islomiyatgacha bo‘lgan tarixi, urf-odatlari, bayramlari va asosan vaqtni hisoblash taqvim-xronologiya to‘g‘risida mukam- mal ma’lumot berilgan. Beruniyning Xorazm tarixiga oid asa- ri yuqorida zikr etilgan nomdan tashqari, yana «Tarixi Xorazm» va «Mashohiri Xorazm» («Xorazmning mashhur kishilari») nom- lari bilan ham mashhur bo‘lib, uning ayrim lavhalari — parcha- lari Abulfazl Bayhaqiyning 1056-yili yozib tamomlangan «Tarixi Bayhaq» va Yoqut Hamaviyning «Mo‘jam ul-buldon» asarlari- da saqlanib qolgan. Beruniyning «Kitob fi axborot al-mubayyizot val-karomita» («Oq kiyimlilar va karmatlarning xabarlari haqida kitob») asari ham tarix ilmi uchun alohida qiymatga ega. Unda o‘sha zamonlarda 0 ‘rta Osiyoda keng tarqalgan ijtimoiy harakat — karmatlar harakati haqida diqqatga sazovor m a’lumotlar bor. Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, Sharqda tarixga qiziqish, insoniyat tarixiy taraqqiyoti bosqichlarini o‘rganish keng taraq- qiy etgan. Bu borada yuqorida aytib o‘tilganidek nafaqat tari xiy mazmundagi, balki bir asarning o‘zida bir necha sohalar ha qidagi, ya’ni tarixiy, falsafiy, tarixiy-falsafiy va tarixiy-badiiy mazmundagi ko‘plab fikrlarni o‘z ichiga olgan, ularning tahli li, tavsifi va sharhlari berib o‘tilgan ko‘plab nodir asarlar yaratil gan. Ular jumlasiga Abu Ja’far Tabariyning (839—923-yy.) «Ta rixi Tabariy», «Tarixi ar-rusul va va-1-muluk» (Payg‘ambarlar va Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling