Metodologiyasi


Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 10-b


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 10-b.


davrimizgacha yetib kelganining o‘zida katta ma’no mujassam. 
Bunday o‘lmas osori-atiqalar bu ko‘hna o‘lkada, bugun biz ya­
shab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo£lga- 
nidan guvohlik beradi.
Ana shunday tarixiy yodgorlik namunalari bilan yaqindan 
tanishar ekanmiz, ularda ifoda etilgan teran fikr va g‘oyalar, ha­
yot falsafasi bizni bugun ham hayratda qoldirishiga yana bir kar- 
ra am in bo‘lamiz.
Misol uchun, «Avesto»ning tub ma’no-mohiyatini belgilab be- 
radigan «Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal» degan tamoyilni oladi- 
gan bo‘lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bolgan 
saboqlar borligini ko‘rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni, 
ezgu niyat, so‘z va ish birligini jamiyat hayotining ustuvor g‘oya- 
si sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bi­
lan naqadar uzviy bog‘liq, nechog‘liq mustahkam hayotiy asosga 
ega ekani ayniqsa e’tiborlidir.
«Avesto»da borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayo­
tining tabiat bilan uyg‘unligi masalasi odamning ruhiy olamiga 
chambarchas bog‘liq holda ko‘rsatilgani ko‘p narsani anglatadi. Bu 
holat insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishda atrof-muhit 
qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta’sir o‘tkazib kelgani- 
ga yana bir bor e’tiborimizni jalb qiladi1».
«Avesto» nafaqat 0 ‘rta Osiyo, balki unga tutash hududlar va 
xalqlarning qadimgi tarixi, madaniyati, dini, ma’naviy merosini 
aks ettiruvchi bebaho manba, balki insoniyat sivilizatsiyasi shakl- 
lanishi va jamiyat taraqqiyotining jarayonlarini o‘rganishda ham 
bebaho tarixiy manba sanaladi.
Bu bilan Sharqda tarixni yoritishga dastlab O 'rta Osiyoda qo‘l 
urilgan, degan fikrni bermoqchi emasmiz, zotan bu davrlarda 
qadimgi Xitoy, Hindiston, Ikki daryo oralig‘i, Misrda ham o‘zi- 
ga xos tarzda tarixnavislik va tarixiy voqea-hodisalarni qog‘ozga

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling