Metodologiyasi
Sharq tarixnavisligining o ‘ziga xosligi, «Avesto», 0 ‘rxun-Yenisey
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Sharq tarixnavisligining o ‘ziga xosligi, «Avesto», 0 ‘rxun-Yenisey
bitiktoshlari, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Xaldunning tarix haqida gi qarashlari, Abulg‘oziy Bahodirxon, Muhammad Yusuf Bayoniy, Ibrat, M. Behbudiy, A. Fitratlarning tarixiy asarlarida tarix fani ning talqini, Sharq tarix falsafasi va unda tarixiy talqinning falsafiy yondashuvlari. Metodologiya — bu inson va insoniyatning barcha davrlardagi nazariy va amaliy faoliyatini o‘rganishni tashkil etish va uni tar- tibga solish yo‘llari va uslublari haqidagi bilimlar majmuidir. Metodologiyaning umumiy ijtimoiy-tarixiy va madaniy asos- lari uning shakllanishida va ayni vaqtda yangi metodologik omil- larning shakllantirilishi va tahlili jarayonida mukammallashish nuqtayi nazaridan namoyon bo‘ladi va mazmunan turlilik kasb etib boradi. Metodologiyaning falsafiy asoslarini shakllantirish va uni tahlil qilish hamda asoslab berish borasida turli davrlarda Suqrot, Pla ton, Aristotel, F. Bekon, Dekart, Kant, Shelling, Gegel, A.Toynbi va boshqalar juda katta xizmat qilganlar. Rossiyalik tadqiqotchi V.R Filatovning tadqiqotlaridan kuza tish mumkinki, «tarix» tushunchasi va uning mohiyati borasida ilgari surgan fikriga asosan tarix falsafasining ikki turi mavjud bo‘lib, birinchisini g‘arb tadqiqotchilari «substansional» (mate rial (ashyoviy daliliy), istorosofiya) falsafiy yondashuv sifatida, ya’ni o‘tmishda sodir bo‘lgan hodisalardan alohida ayrim um u miy qonuniyatlarni ajratib olish va unga asoslangan holda tarix ning barcha davrlari va hodisalari uchun «mohiyat», «maqsad», «vazifalar» kabilarni umumiylashtirgan holda belgilab olishni ko‘zda tutsa, ikkinchisi avvalgisidan tubdan farqlangan holda ta rixiy jarayonlar va ularning mazmuni bilan shug‘ullanmaydi, ak- sincha tarix ilmining tahlili bilan, ya’ni tarixiy tadqiqotlarning mazmuni, yondashuvlar, falsafiy qarashlarni o‘rganish va tadqiq qilish bilan xususiyatlanadi. Bunda tarixiy tadqiqotlarning rnaz- m uni bilan birga ularning konseptual-metodologik tuzilishi, ta rixiy tavsiflash va tushuntirish uslublari, tarixshunoslikning bosh qa fanlarga munosabatim o‘rganishga intiladi. Tarix falsafasining bu tipi bugungi fan olamida tarixning «tanqidiy» yoki «tahli- liy» falsafasi sifatida talqin etiladi. Tarix falsafasining bu tipi yu- zasidan XIX asr oxirlarida nemis nazariyotchilari dastlabki fikr- larni shakllantirgan bo‘lsalar, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda bu masala Yevropaning boshqa davlatlariga ham tarqalib, yetakchi nazariyalardan biriga aylanib boradi. Xuddi shu ma’nodagi falsafiy qarashlar Ibn Xaldunga ham xosdir. U tarix va tarix faniga tavsif berib, quyidagilarni yoza- di, ya’ni, «Fanning ikki jihati bor. Birinchisi qadimgi mamlakat lar va davlatlar haqida hikoya etuvchi tashqi tomoni bo‘lsa, ikkin- chisi tadqiqotlarning birining tarixi va yangi fikrlarni kashf etish bolgan ichki tomonidir». Biz ham quyida tarixiy jarayonlar emas, balki tarixiy tadqiqot lar va nazariyalar haqida so‘z yuritishga harakat qilamiz. Aslida tarix falsafasi tushunchasi Gerodot va Fukidid asar- laridagi tadqiqotlardan boshlangan. Ular asosan insoniyat ta- raqqiyotida tarixni harakatlantiruvchi kuch sifatida tavsiflagan bolsalar, Avgustin dinga e’tiqod qiluvchilar qarashlarini aks et- tirgan holda ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi. Gegel dunyo- viy aql-zakovat, umuminsoniy tafakkur, insoniyat xatti-haraka- ti va aql-idroki uyg‘unligi asosida yuzaga kelgan, ong va tafakkur hukmron bolgan yaxlit borliqni tarix deb tushuntiradi. F.Bekon tarixiy haqiqatni aniqlashda eng avvalo tadqiqot obyekti o‘rga- nilayotgan predmet yoki hodisaning aynan o‘zi emas, balki, uning mohiyati va uni yuzaga chiqaruvchi oddiy tabiiy omillar bolishi shartligini ta’kidlasa, E.Kondilyak bilishni eng oddiy — his etish va fikrlash orqali amalga oshirish kerak, degan fikrni ilgari sura- di. Aksariyat nazariyotchilar o‘zlari taklif qilgan va nazariy ji hatdan asoslab bergan uslublari haqiqatni anglash va Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling