Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Intellektual tarix. Intellektual tarix dastlabki vaqtlarda yirik 
mutafakkirlarning g‘oyalari tarixi sifatida rivojlanib keldi. Ke- 
yinroq esa ko‘plab g‘oyalarning aksariyatini tashkil etuvchi va 
o‘zini oqlamagan va hayotga kirib bormagan bunday g'oyalarni 
o‘rganish zaruriyati bormi, degan savol paydo bo‘ldi. Tarix fani­
da postmodernistlar qarashlari va tadqiqotlardagi yondashuvla- 
rining shakllanishi va taraqqiy etib borishi bilan intellektual ta­
rix ham yangilanib bordi. Natijada intellektual tarix o‘z tadqiqot 
kolam larini kengaytirib borib, tadqiqotlar jarayonida tarixiy vo- 
qelikka diniy va ayni vaqtda ilmiy qarashlarni, turli vaqtlarda 
sodir bolgan kasalliklar va ularning kelib chiqishi va oqibatlari 
va boshqa shu kabilarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratmoqda. 
Ayni vaqtda yirik mutafakkirlar va ularning fikr va g‘oyalariga, 
ulardan qoldirilgan matnlar, turli davrlarning tilshunosligi kabi 
sohalarga ham qiziqish ortib bormoqda.
Madaniyat tarixi. Madaniyat tarixi tarixiy tadqiqotlarning 
an’anaviy va asosiy tarmoqlaridan biri sanaladi. Shu o'rinda ta’kid­
lab o‘tish lozimki, madaniyat tushunchasining o‘zi bir necha tal- 
qinda mavjud bo‘lib, keng ko‘lamli tushuncha bo‘lganligi sabab-
li, faylasuflar va madaniyatshunoslar tomonidan bu tushunchaga 
aniqlik kirituvchi o‘nlab ta’riflar berib o‘tilgan. Tarixchilar tomo­
nidan madaniyat tarixining tadqiqotlari jarayonida bunday tu-


shunchalarning deyarli barchasidan foydalanib o‘tilganligini tar­
ixiy tadqiqotlarda kuzatish mumkin.
Bugungi kunda yangi madaniyat tarixi shakllangan bo‘lib, 
uning asosini til, m atnlar va narrativ tizimlar (semiotik yon­
dashuv) tashkil etadi. Yangi madaniyat tarixi xalq madaniyati va 
elitar madaniyatning bir-biriga qarama-qarshiligini inkor qila­
di. Bugungi kunda madaniyat tarixi bilan shug'ullanish m adani­
yat falsafasi va madaniyatshunoslik sohalarida birmuncha jiddiy 
tayyorgarlik va bilimlarga ega bo‘lishni talab etadi. Ayni vaqtda 
yangi yondashuvlar esa yangi-yangi natijalarni berishi shubha- 
sizdir. Ko‘pgina tarixchilarning fikricha aynan madaniyat tarixi 
tarixiy sintezning asosi bo‘lib xizmat qilishi mumkin, vaholanki 
aynan ana shunday sintez vositasini shakllantirish va asoslab be­
rishga ko‘pgina avlod tarixchilari tomonidan urinishlar bo'lgan.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling