Metodologiyasi


Ayollar  tarixi va gender tadqiqotlari


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Ayollar 
tarixi va gender tadqiqotlari. Tarixda ayollar haqida 
ma’lumotlarning paydo bo‘la boshlanishi feminizmning shakllani- 
shi bilan bogliq hisoblanadi. Biroq XX asrning 60-yillari oxirlari 
70-yillari boshlariga kelib «ayollarga oid tadqiqotlar» sifatida pay­
do bolgan bolsa, 80-yillarga kelib bu sohada «gender tadqiqot­
lari» deb nom olgan predmet tarm ogl shakllandi va bunda asosan 
ayollar tarixining konseptual apparatini o‘rganishga e’tibor qara- 
tila boshlandi. Bu tadqiqotlarning birinchi bosqichidayoq ayol ta­
rixchilarning tanqidiy qarashlari birinchi o‘ringa chiqdi. Ularning 
qat’iy ravishda ta’kidlashicha, erkaklar tarixshunosligi ayollarni 
tarixdan «o‘chirib yuborgan» va eng avvalo bu bo‘shliqni toldirish 
lozim, qolaversa jinslar orasida «tobelik» va «hokimlik» munosa- 
batlarini ham ko‘rsatib berish kerak deb hisobladilar. XX asrning 
80-yillarida madaniy-tarixiy taraqqiyotning mahsuli bolgan jinslar 
orasidagi notenglikning ijtimoiy xususiyatiga urg‘u bergan holda 
tadqiqotlarni amalga oshirish yuzaga keldi. Gender tadqiqotlari- 
ning asosiy mavzulari oila va nikoh, uy xo‘jaligi va bozor, huquq va 
siyosat, din va ta’lim, madaniyat sohalariga yo‘naltirilgan.
San’at tarixi. San’at tarixi haqida tarixchilarning o‘z nuqtayi 
nazarlari mavjud. Agar san’atshunoslar san’at asarining yarati- 
lishi sanasi, muallifligi va uslubi kabi jihatlarini birinchi o‘rin-


ga qo‘ysalar, tarixchilar esa mazkur san’at asarining yaratilishi- 
dagi shart-sharoitlar, kompozitsiyalar, kontekstlar, intellektual va 
ijtimoiy tarixi jihatlarini asosiy o‘ringa qo‘yadilar. Tarixchi asar 
yaratilgan davr tadqiqi jarayonida o‘sha davrning estetik qarash- 
larini ham o'rganish bilan bir vaqtda o‘zi ham bu sohada ma’lum 
bilimlarga ega bo‘lishi lozim. San’at tarixini chuqur o‘rganish tad­
qiq etilayotgan davr madaniy hayoti tarixini kengroq va batafsil- 
roq tushunish va tadqiq etishda muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtayi 
nazardan o‘rganilayotgan davr tarixi haqida ma’lum bilimlar­
ga va ma’lumotlarga ega bo‘lgan tarixchi tadqiqotchida san’at- 
shunos tadqiqotchidan farqli o‘laroq ma’lum darajada imkoniyat- 
lar ko‘proq bo‘ladi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling