so‘z va iboralar, ularni tashkil etgan arab harflarining abjad hiso-
bidagi raqamlari bilan qo‘shib hisoblanganda, ma’lum bir sanani
anglatuvchi
raqamlar, son kelib chiqadi1.
Ta’rix sharq tarixnavisligining asosiy xususiyatlaridan biri hi
soblanadi va «tarix»lar ham muhim manbaviy xususiyatlarga ega
ekanligi aniqlandi. Ta’rixlar mazmuniga ko‘ra
manbalardagi ax-
borotni ifodalaydi. Zamonaviy tarix fanining nazariy yondashuv-
larida axborot ochiq ifodalangan va yashirin holatda (keyingisi
ko‘p uchraydi) bo‘lishi ta’kidlab o‘tilgan bo‘lsa2,
sharq tarixnavis-
ligidagi ta’rixlarda keltirilgan axborot yashirin holatda ko‘proq
uchraydi. Shu bois tarixchi yoki tadqiqotchidan mazkur axborot-
ni matndan aniqlab va ajratib olishi
uchun arab alifbosidan va
ayniqsa abjad hisobidan boxabar bo‘lishi muhim ahamiyat kasb
etadi.
Sharq tarixnavisligining
namunalarida kuzatish mumkinki,
tarix asarlarini yozish vaqtida muallif ko‘zda tutgan sana so‘z
yoki muammo usulida ifodalanadi va ta’rix tarzida talqin etiladi.
Shunga ko‘ra, ta’rix sarih (ochiq, ravshan) va ta’miya (berkitilgan,
yashirilgan) kabi ikki turga bo‘linadi. Ta’rixning sarih turida sa
na ochiq ifodalansa, ta’miyada avval ta’rixning moddasi topiladi.
Tarix asarlarida va manbalarda ta’rixlar qo‘llanilgan holatlar ju
da ko‘p uchraydi.
Yuqoridagi har ikki holatdan ko'rish mumkinki,
sharq ta-
rixnavisligida va zamonaviy tarix fani metodologiyasi sohalarida
manbalar va matndagi axborotni talqin qilish vaqtida axborot
ning
aniq va ochiq ifodalangan, shuningdek,
yashirin holatda
(so‘z ichida ma’no jihatdan) ham mavjudligi alohida ta’kidlab
o ‘tilmoqda.
1 Arab alifbosi tarkibidagi harflar birikmasi hech qanday ma’no anglatmaydigan
Do'stlaringiz bilan baham: