da o‘zi yashab turgan vatani, tug‘ilib o‘sgan zamini tarixini bilishi
lozimligini, bu hatto tafsir va hadislarda ham shart etib qo‘yilgan-
ligi va bu ham ilm ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi.
Tarixchi Mullo Olim Mahdumhoja esa «Tarixi Turkiston»
asarida tarixga shunday ta’rif beradi:
«...Ilmi tavorix [tarix ilmi]ning foyidamandlig‘ig‘a tamomi
firqa muttafiq ur-roydurlar.
Aksar tavoyifi umam, balki, tamomi
ahli olam bu ilm ni amalga qo‘yub,
gumoshtagonlarindin rivoyat
va hikoyatlar qilib, oning o‘zlarig‘a dalil qiladurlar»1.
Atoqli o‘zbek olimlaridan biri
Abdurauf Fitrat esa Yevropa
tarixchilari tomonidan tarix fani va uning predmetining tur
li talqinlarini ilgari surish «avj» olgan XX asr boshlarida ta
rix va tarix fani haqida shunday deydi: «Tarix millatimizning,
o£tmishimizning taraqqiyotini hamda
tanazzulining sabablarini
o‘rganadigan fandir».
Tarix va tarix fani yuzasidan bir qator fikrlar bildirib o‘tilgan-
ki, ular biri ikkinchisining mazmunini to‘ldirib keladi. Adabiyot-
larda qayd etilishicha, tarix so‘zi beshta ma’noni
ifodalash uchun
qo‘llanilmoqda:
1. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan voqelik, hayot.
2. 0 ‘tmishga oid dalil va hodisalar majmuyi — o‘tmish, kech-
mish.
3. Biror voqea-hodisaning izchil taraqqiyoti haqidagi fan.
4. Jamiyat taraqqiyoti haqidagi fan.
5.
Biror ishning bajarilganligini, biron voqea-hodisaning qa
chon bo‘lib o‘tganligini ko‘rsatuvchi aniq vaqt, sana2.
Mazkur fanning izohi keltirilgan boshqa manbada qayd eti
lishicha, tarix bu —
1. Tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni.
2. Insoniyat va uning mahsuli bo‘lgan tam addunlar rivo-
ji, jamiyat va davlatlar o‘tmishi taraqqiyoti jarayonini o‘rganuv-
______________
/
Do'stlaringiz bilan baham: