Metodologiyasi


Tarix falsafasining nazariy asoslari. 200-b


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Tarix falsafasining nazariy asoslari. 200-b.


o‘tadi. Abulg‘oziyning tarixga bo‘lgan munosabatidan kelib chi­
qib anglash mumkinki, tarix bu mamlakatning siyosiy mavjudli- 
gi, uning turli vaqtlarda turli taraqqiyot darajasiga yetganligi yoki 
inqirozga uchraganligi, uning siyosiy va iqtisodiy hayoti va ayni 
vaqtda xalqlar va ularning kelib chiqishi, millat sifatida shakl- 
lanib borishi va qadriyatlarini yoritib berishi lozim bolgan fan 
ekanligini anglash mumkin.
O 'rta Osiyo tarixchilarining tarixni yoritishdagi, tavsiflash va 
talqin qilishdagi obyektivlik va xolislik an’analari keyingi asrlar­
da ham davom ettirildi. XIX asr ikkinchi yarmi — XX asr bosh- 
larida yashab ijod qilgan M uhammad Yusuf Bayoniy «Shajarai 
Xorazmshoxiy» asarini yozishda tarix va uni tavsiflashga alohi­
da e’tibor qaratadi va tarixni haqqoniy, obyektiv ravishda yo- 
zish shartligini uqtiradi: «Tarix kitobi yozishning bir sharti bor. 
Tarixiy voqealarni yozuvchi tarafdorlik etmasdan, bo lg an vo­
qealarni rostlik bilan bayon etishi kerak. Agar rostlik bilan ba- 
yon etmasa, uning so‘zlari hech bir odamga ma’qul bolm aydi»1.
XIX asr ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida yashab ijod qil­
gan farg‘onalik tarixchi Is’hoqxon Junaydulloxo‘ja o‘g‘li Ibrat 
To‘raqo‘rg‘oniy insonlarni o‘z o lm ish i va ajdodlari, yashab tur- 
gan vatani va uning o‘tm ishini bilishi zarurligini alohida ta’kidlab 
o'tadi va tarixni o‘rganishga da’vat etadi: «....inson ancha-mun- 
cha baqadri ilmi bashariyat tavorixdan bilmak labudda olm oqi 
ma’lumdir. Loaqal kishi o‘z muvattin yerini bilmak zaruriyotdan- 
dur. Bilmasa, tafosir va ahodislarda va tavorixlarda mubayyindur- 
ki, ko‘rmak va bilmak ilmdandur»2.
Ibrat tarix fani sifatida garchi o‘zining «Tarixi Farg‘ona» asari­
da ko‘pgina tarixiy jarayonlarni va ularning tavsifmi, shaxslar 
faoliyati va ularning tarixiy jarayonlardagi ishtiroki va boshqa shu 
kabi bir qator holatlarni bayon etib bergan bolsada, inson jamiyat 
taraqqiyoti va uning tarixidan xabardor bolishi, hech bolm agan-

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling