Metodologiyasi
Tarix falsafasining nazariy asoslari. 199-b
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Tarix falsafasining nazariy asoslari. 199-b.
2 Лаптева М.П. Теория и методология истории: курс лекций / М.П. Лаптева; Перм. гос. ун-т. — Пермь, 2006. С. 159—160. 3 0 ‘sha joyda. ong mahsuli hisoblanadi», — degan fikrni ilgari surgan bolsa, yana bir ingliz tarixchisi M. Oukshot: «Tarix fanining predmeti bu shunchaki tarixchining tadqiqot olamidir, undagi jarayonlar tarixchining tafakkuri mahsuli va konstruksiyasidir. Tarix bu — tarixchi g‘oyalarining spetsifik olamidir», — degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. Tarixchi G. Kommadjer zamonaviy tarix faniga ta’rif berar ekan, uni quyidagicha sharhlab beradi: «Tarix amaldagi atom, kimyoviy vositalar singari o‘zini namoyon eta olmaydi. Bu vositalar tabiatda mavjud va inson ularni yo‘q qilgunga qadar mavjud bo‘ladi. Tarix esa tabiatda yashamaydi, balki inson tasav- vurida, xotirasida yashaydi»1. Tarix fani haqida bir qator vatandoshlarimiz ham o‘z qarash- larini bayon qilganlar. Xususan, buyuk mutaffakkir shoir va al- loma Alisher Navoiy tarix fani haqida shunday fikrlar bildirgan: «Hukmdorlarning qay biri zulm otini surdiyu, qay biri ado- lat bilan dong taratdi va oxiri bundan nim a murod hosil bo‘lga- nin tarixdan bilamiz. 0 ‘lkada nima obod bo‘ldi, mamlakat ni- madan tinchlikka yuz tutdi? Har bir shaxsning sifatida nima-yu, nuqsonlari nima, hamma-hammasi tarixda bitilgan». Abulg‘oziy Bahodirxon o‘z asarini yaratar ekan, tarixiy jara yonlar va voqealarni obyektiv ravishda yoritishga harakat qilgan- ligini alohida ta’kidlaydi: «Erndi ko‘nglingizga kelmasunkim faqir taraf tutub yolg‘on aytqon bo‘lg‘ayman va yo o‘zim ni g‘alat ta’rif etqon bo‘lg‘ayman». U «Shajarai turk» asarini yozishga kirishar ekan, Xorazm xon- lari tarixini yozishga harakat qilayotganligi va bunda nafaqat sa- roy tarixi, balki shu hududlarda yashab o‘tgan xalqlar va ularning tarixi, turkiy xalqlarning tarixi kabi sohalarni ham yoritish- ni maqsad qilganligini, biroq ayni vaqtda bu tarixlarni, ayniq sa Xorazm xonlari tarixini yozishda betaraf bo‘lish, tarafkash- lik qilmaslik yoki ilmiy til iborasi bilan aytganda voqealarni obyektiv ravishda yozishga amal qilmoqligini alohida ta’kidlab / Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling