Metodologiyasi
Mullo Olim Maxdumxoja. Tarixi Turkiston. — Т., 2010
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Mullo Olim Maxdumxoja. Tarixi Turkiston. — Т., 2010.
2 Ibrohimov A. Bizkim o ‘zbeklar... — Т.: «Sharq», 1999. 278—279-bb. chi fan. Tarix fani insoniyatning butun o‘tmishi davomida jam i yat hayotida sodir bo‘lgan voqea-hodisalar, jarayonlarni (jamiyat rivojini) yaxlit bir tarzda 0‘rganadi1. Hozirgi zamon tarix fani alohida bo‘limlar va sohalardan tash kil topgan bilimlar majmuyidir. Tarixiy manbalar va mumtoz adabiyotda tarix va ta’rix iborala- rining turlicha mazmunda qo'llanilganligini kuzatish mumkin. Ta’rix (arab tilida — yuz bergan, sodir bo‘lgan) — mashhur kishilarning tug‘ilishi va vafoti, turli bino-inshootlarning quri- lishi, kitoblar ta’lifi va boshqa muhim voqea-hodisalar vaqtini anglatuvchi uslub. Ta’rix ko‘pincha u yoki bu mashhur shaxsning vafoti munosabati bilan, biror-bir tarixiy voqeaning sodir bo‘lgan sanasini anglatish yoki unga ishora tarzida she’riy tilda yozil gan. Ta’rixda qo‘llangan so‘z va iboralar, ularni tashkil etgan arab harflarining abjad raqami bilan qo‘shib hisoblanganda, ma’lum bir sana kelib chiqadi. Sanani bildiradigan so‘z yoki ibora ta’rix moddasi, ularni tashkil etgan harflarning abjad bo‘yicha yig'in- disi jum al deyiladi. Ta’rix faqat mustaqil yozilmay, ba’zi bir asar- larning ichida ham keladi. Ta’rixda muallif ko‘zda tutgan sana so‘z yoki muammo usulida ifodalanadi. Shunga ko‘ra, ta’rix sarih (ochiq, ravshan) va ta’miya (berkitilgan, yashirilgan) kabi ikki turga bo‘linadi. Ta’rixning sa rih turida sana ochiq ifodalansa, ta’miyada avval ta’rixning mod dasi topiladi. Tarix asarlarida va manbalarda ta’rixlar qo‘llanilgan holatlar juda ko‘p uchraydi. Masalan, Alisher Navoiy o‘zining «Mahbub ul-qulub» asarini yozgan vaqti haqida quyidagi to‘rtlikni bitgan: Bu nomakim lisonim o‘ldi qoyil, Kilkim tili har na’v el ishiga moil, Tarixi «xush» lafzidin o‘ldi hosil, Har kim o‘qusa ilohi bo‘lg‘ay xushdil. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling