Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy tarix.
- Fan tarixi.
Ijtimoiy tarix. XIX asrdan boshlab tarixchilar tomonidan ta
rixiy tadqiqotlarda oddiy odamlar va xalqning ahvolini o‘rga- nishga e’tibor qaratish boshlandi. Marksizm ta’limotida ishchilar tabaqalarini o‘rganishga asosiy e’tibor qaratildi. XX asrga ke lib, «annallar maktabi» ijtimoiy tizim va jarayonlarni o‘rganish- ga kirishdi. XX asrning 60-yillarida E. Tomson tomonidan ish chilar tabaqasining kelib chiqish tarixining o‘rganilishi tarixiy tadqiqotlarda fanlararo yondashuvning imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi. Oila tarixi, ayollar tarixi o'rganila boshlandi, odamlarning kundalik faoliyati va shaxsiy hayotini o'rganishga e’tibor kuchay- di. Biroq XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmi oxirlariga jam i yat hayoti tarixini o‘rganish jarayonida ko‘pgina sohalar e’tibor- dan chetda qoldirilib, asosan sinfiy kurash masalalariga asosiy urg‘u berilib, tarixning bir tomonlama o‘rganilishiga yo‘l qo‘yildi. Shuningdek, bu jarayonlardagi bir tizimlilik ham jamiyat hayotini har tomonlama va atroflicha tadqiq qilishga imkon bermadi. XX asrning 90-yillaridan boshlab jamiyat hayotini o'rganishdagi ta rixiy tadqiqotlarda bunday yondashuvlar inkor qilinib, uni har to monlama tadqiq etishga kirishildi. Diniy tarix. Tarix fani sohalari va tarmoqlari orasida eng dast- labki yuzaga kelgan tarmoqlardan biri diniy tarix sanaladi. Diniy soha va jamiyat hayotining bu soha bilan bog‘liq jihatlariga yetar li baho berilmasligi umumiy holatning noto‘g‘ri talqiniga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda bu sohaning ikki muhim jihati borki, buni tarixchilar teologiya yo‘lidan borish (yoki voqelikka diniy nuqtayi nazardan yondashuv) yoki aksincha diniy g‘oyalarni butkul inkor qilish, deb ko‘rsatadilar. Hattoki Yevropa tarixchilarida biror-bir dinga e’tiqod qiluvchi tarixchi tarixiy jarayonlarni yaxshi tushu- nadi, degan tushuncha ham shakllangan edi. Biroq bu tushun cha o‘zini oqlamadi va bugungi kunda diniy tarixga (din tarixiga) intellektual tarix va ijtimoiy tarixning ajralmas bir qismi sifatida yondashila boshlandi va ayni vaqtda tarixchi avvalgi davrlar tari xini o‘rganish jarayonida bu sohaga oid m a’lumotlarni ham e’ti- borga olishi kerak bo‘ladi. Fan tarixi. Tarix fani ilm-fanga kashfiyotlar ro‘yxati sifatida emas, balki inson faoliyatining mahsuli va ayni vaqtda jamiyat va madaniy hayotning ajralmas bir bolagi sifatida qaraydi. Ilm- fan — ijtimoiy va mafkuraviy xususiyatga ega. Ayni vaqtda tarix- chilardan ilm-fanning ilmiy bo‘lmagan tafakkur mahsuli bo‘lgan (astrologiya, alkimyo va boshq.) fanlarni ilmiy fanlar bilan ara- lashtirib yubormaslik talab etiladi. Bu sohaning tarixiy tadqiqot lari jarayonida ilm-fan va jamiyat o‘rtasidagi aloqalar va bogliq- likka alohida e’tibor qaratilishi kerak. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling