Metodologiyasi


Лаптева М.П. Теория и методология истории: курс лекций / М.П


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Лаптева М.П. Теория и методология истории: курс лекций / М.П. 
Лаптева; Перм. гос. ун-т. — Пермь, 2006. С. 56.


Ana shu xulosadan kelib chiqib aytish mumkinki, tarix fanining 
predmeti — insondir»1.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, tarix fani predmeti va bu tu ­
shunchaning tarixchilar tomonidan umumiy va yaxlit qabul qilin- 
gan tushunchasini aniqlab olish mavjud emasdek tuyuladi.
Tarix fani predmetining o‘zi tarixiylik kasb etadi. Hamma vaqt­
da yangi ilmiy sohalarning shakllanishi va xususiylashuvi sodir 
bo'lib boradi. Agarda fanning predmeti aniq va konkret holda qat’iy 
ravishda ko‘rsatib berilsa, bunda ilmiy tadqiqotlar ham o‘z yakuniga 
yetgan va to‘xtatilgan bo‘lar edi. Biroq bu bilan, fanning predmeti- 
ni aniqlash muhim emas, degan tushuncha kelib chiqmaydi, balki 
fanning predmetini aniqlashtirgan va uni aniq tushungan holdagina 
biz fan sohasida ko‘pgina natijalarga erishishimiz mumkin.
Ayrim tarixchilar tadqiqotlar jarayonida nazariyani inkor qil­
gan holda ko‘proq faktlar (dalillar)ni sharhlashga asosiy e’tibor 
qaratsalar, ba’zilari aksincha tarixiy voqelikni inkor qilgan holda, 
tarixni haddan tashqari sotsiologiyalashtirish va psixologiyalash- 
tirishga urinadilar. Bunday qarama-qarshilikdan ravshan bo‘ladi- 
ki, tavsiflashlarsiz tarix bo‘lishi mumkin emas va ayni vaqtda 
nazariy tushunchalar va metodologiyasiz ham tarixning bo‘lishi 
mumkin emas. Bundan ko‘rinadiki, tarixchilarda yagona aksio- 
matik nazariya (izohlarga muhtoj bo‘lmagan yagona nazariy qoi- 
da va tushunchalar) mavjud emas, balki nazariyalar va interpre- 
tatsiyaning xilma-xilligi mavjud va tarix fani predmetining asosiy 
xususiyati ham ana shunda.
Tarix fanining tarmoqlari
Tarix fani ko‘p tarmoqli fan boiib, inson va jamiyat taraq­
qiyoti bilan bog‘liq bir qator sohalar rivojlanishi jarayonlarining 
umumiyligi mahsulidir.
Harbiy tarix — tarix fanining eng qadimiy tarmoqlaridan 
biridir. Hatto «tarixning otasi» Gerodot va boshqa antik davr ta-

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling