Metodologiyasi


Muhammad Yusuf Bayoniy «Shajarai Xorazmshohiy». — Т.: Meros. 1991


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Muhammad Yusuf Bayoniy «Shajarai Xorazmshohiy». — Т.: Meros. 1991.
2 Ibrat. Tarixi Farg‘ona. — Т.: Meros. 1991.


da o‘zi yashab turgan vatani, tug‘ilib o‘sgan zamini tarixini bilishi 
lozimligini, bu hatto tafsir va hadislarda ham shart etib qo‘yilgan- 
ligi va bu ham ilm ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi.
Tarixchi Mullo Olim Mahdumhoja esa «Tarixi Turkiston» 
asarida tarixga shunday ta’rif beradi:
«...Ilmi tavorix [tarix ilmi]ning foyidamandlig‘ig‘a tamomi 
firqa muttafiq ur-roydurlar. Aksar tavoyifi umam, balki, tamomi 
ahli olam bu ilm ni amalga qo‘yub, gumoshtagonlarindin rivoyat 
va hikoyatlar qilib, oning o‘zlarig‘a dalil qiladurlar»1.
Atoqli o‘zbek olimlaridan biri Abdurauf Fitrat esa Yevropa 
tarixchilari tomonidan tarix fani va uning predmetining tur­
li talqinlarini ilgari surish «avj» olgan XX asr boshlarida ta­
rix va tarix fani haqida shunday deydi: «Tarix millatimizning, 
o£tmishimizning taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini 
o‘rganadigan fandir».
Tarix va tarix fani yuzasidan bir qator fikrlar bildirib o‘tilgan- 
ki, ular biri ikkinchisining mazmunini to‘ldirib keladi. Adabiyot- 
larda qayd etilishicha, tarix so‘zi beshta ma’noni ifodalash uchun 
qo‘llanilmoqda:
1. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan voqelik, hayot.
2. 0 ‘tmishga oid dalil va hodisalar majmuyi — o‘tmish, kech- 
mish.
3. Biror voqea-hodisaning izchil taraqqiyoti haqidagi fan.
4. Jamiyat taraqqiyoti haqidagi fan.
5. Biror ishning bajarilganligini, biron voqea-hodisaning qa­
chon bo‘lib o‘tganligini ko‘rsatuvchi aniq vaqt, sana2.
Mazkur fanning izohi keltirilgan boshqa manbada qayd eti­
lishicha, tarix bu —
1. Tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni.
2. Insoniyat va uning mahsuli bo‘lgan tam addunlar rivo- 
ji, jamiyat va davlatlar o‘tmishi taraqqiyoti jarayonini o‘rganuv-
______________
/

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling