day bosqichlardan o‘tganligini, qanday
taraqqiyot darajasiga
erishganligini va shu jarayonlardagi ishtirokini o‘rganadi. Bunday
yondashuv ijtimoiy tarix taraqqiyoti an’analariga yaqin tushuncha
edi. Tarixchining diqqati nafaqat tarixiy shaxslar va takrorlanmas
aniq
tarixiy voqealarga qaratilgan, balki o‘zaro munosabatlarda-
gi ijtimoiy tizimlar va an’analarga ham qaratilgan. Yuqorida aytib
o‘tilganidek, tarix tushunchasi haqida o'ttizga yaqin yondashuv va
tadqiq etish usullari mavjud. Fikrlarning bunday xilma-xilligi o‘z
o‘rnida tarixni tushunish va uni anglashda o‘ziga xos
murakkab-
liklarni keltirib chiqaradi. Tarixshunos N. Doroshenko tarix fani
predmetini «tarixiy ongda o‘z
aksini topgan, turli tarixiy yo‘na-
lishlarga asoslangan, turli tarixiy vazifalarni
bajaruvchi odam-
larning tarixiy turmushidan tarkib topgan real qonuniy,
tarixiy
jarayon muhim elementlardan biri deb hisoblangan tizim» sifati
da tushuntiradi.
Fransuz tarixchisi Lyusyen Fevr: «Tarix — narsalar va hodisa
lar haqidagi emas,
balki inson haqidagi, insonning o‘tmishi ha
qidagi fandir. Birgini tarix mavjuddir, u ham bo‘lsa
Inson tarixi-
dir va bu tarix keng m a’nodagi tarixdir», — degan fikrni bildirgan
bo‘lsa', antik davr donishmandlaridan biri Sitseron: «Tarix —
davrlarning guvohi, haqiqat chirog‘i, xotira hayoti,
hayot murab-
biyi, qadimiylik xabarchisi», — degan fikrini bayon qilgan2.
V. Ivanov esa «Tarix ommaviy hayot qonuniyatlarining konk
ret shakllarini o‘rganishni predmet», — deb hisoblaydi. B. Mogil-
Do'stlaringiz bilan baham: