8-mavzu: Tibbiy psixodiagnostikada qo’llaniladigan metod va metodikalar


Download 467.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana25.03.2023
Hajmi467.48 Kb.
#1295711
  1   2   3
Bog'liq
Maruza matni (1)



8-mavzu: Tibbiy psixodiagnostikada qo’llaniladigan metod va metodikalar. 
 
1. Klinik-psixologik metodlar tasnifi hamda psixonevrologiya, psixiatriya, 
pediatriya, psixoformaterapiya, psixosomatika va boshqa qator tibbiyot 
sohalarida diagnostika usullari 
2. Tibbiy psixodiagnostikada qo‘llaniladigan metodlarning zarurati va 
shartlari.  
 
Klinik psixologiya-psixologiya yonalishining tor mutaxassislik soxasi 
boʼlib, tibbiyot va psixologiya fanlari bilan tutashuvchi soxadir. Ushbu soxa 
bemorlarning 
psixopatologik 
jarayonlari, 
klinik 
psixodiagnostika, 
psixoprofilaktika va psixoterapiyani metodlar orqali bemor shaxs xususiyatlari 
bilan faoliyat olib boruvchi mutaxassisdir. Yani, ushbu soxa vakili, sogʼliqni 
saqlash tizimi uchun tayyorlangan shaxsdir va bemorlarning xissiy-emotsional, 
kognitiv hamda bixoverial (xulqiy) kechinmalari masalalarini oʼrganadi. Klinik 
psixolog tibbiy diagnostikadan foydalanmaydi, yuridik jixatdan dori-darmonlar 
tavsiya etish va platseboterapiya oʼtkazishga ham haqqi yoʼq, biroq 
psixofarmakologiya bilimiga ega boʼlganliglari uchun dorilarning psixik 
jarayonlarga taʼsir va oʼzgarishlarni aniqlay oladi. Klinik psixolog turli 
kasalliklarda bemorlar psixologiyasi va kasalliklarning psixologik strukturasi 
bilimiga ega, xamda nazariy va amaliy jixatdan bemorlarda turli metodikalar 
qoʼllay oladi.[2;4;6] 
Klinik psixolog bemor shaxsini oʼrganida, kasallik bilan aloqasini 
oʼrganishda turli xil psixologik metodlardan foydalanishi mumkin. Misol uchun, 
tibbiyot soxasi yonalishidan kelib chiqib (psixonevrologiya, psixiatriya, 
pediatriya, psixoformaterapiya, psixosomatika kabi v.b.) oʼziga xos klinik 
metodlardan foydalanadi. Kasalning yoki psixologik buzilishlarning xarakteriga 
koʼra quyidagi usullarni ishlatish maksadga muvofiqti:
- Subektiv metod: Anamnesis morbı (kasallik tarixi) va anamnesis vıtae 
(ijtimoiy oʼtmishi, tarixi)


- Obektiv metod: Psixologiyada xamda klinik psixodiagnostikada mavjud 
boʼlgan barcha test, anket-soʼrovnoma, envanterlar, test batareyalari va boshqa 
turdagi metodikalardir. 
- Proektiv metodikalar: Proektiv soʼzi (ing. aks ettirmoq) degan maʼnoni 
anglatadi. Demak psixologiyada shaxsning xususiyatlari, muammolarini bilish 
uchun maxsus usullar va materiallar bilan muammoli shaxsdagi ong osti 
maʼlumotlari va asosiy etiqotlarini anglash va chikarish uchun samarali metod 
xisoblanadi. Kolaversa Proektiv metodning yana bir ustunlik tomoni shundagi 
bemorlarning nafaqat shaxs klinik psixodiagnostikasini amalga oshirish uchun 
balkida, ayni shu jarayonda psixokorrektiv jarayonlarni xam olib borish uchun 
samarali metod xisoblanadi.
xorij mamlakatlarda va yurtimizda xam tibbiyot va psixologiya soxasi 
jadʼal rivojlanib kelmoqda. Bemorlarning nafaqat tanasiga (somatika) oid 
labolatuar – ekspressiv tekshiruv va metodlar qoʼllaniladi balkida soxaga oid 
bemorning xissiy-emotsional xamda kognitiv-neyropsixologik va bixoverial 
jarayonlardagi patologik xolatlarni aniqlashda xam klinik psixologik 
metodikalarni oʼtkazish extiyoji va zarurati mavjutdir.
Neyropsixologik diagnostika (neyropsixologik tekshiruv) - bu bir qator 
maxsus texnika va namunalar yordamida psixik jarayonlarni oʼrganish 
jarayonidir. 
Diagnostika 
jarayonida miyaning 
morfofunktsional 
holati 
organiladi, buzilishlar yuqori aqliy funktsiyalar holatining miqdoriy 
hususiyatlari va miyaning maʼlum sohalari bilan lokal ravishda bogʼlanadi. 
Bundan tashqari bir yoki bir nechta omillar tasirida sodir bolgan buzilishlarning 
aqliy jarayonga tasiri, psixik funksiyalarning patologik hususiyatlari organiladi. 
Bundan tashqari, neyropsixologik diagnostika jarayonida psixik funktsiyaning 
buzilgan va buzilmagan aloqalari aniqlanadi. Tashxisdan soʼng, agar patologiya 
yoki nuqsonlar aniqlansa, neyropsixologik tuzatish amalga oshiriladi. Hozirgi 
vaqtda rus neyropsixologlarining koʼpchiligi Luriyaning neyropsixologik testlari 
va 
stimulyator 
materiallari 
batareyasidan 
odamning 
yuqori 
ruhiy 
funktsiyalarining holatini tashxislash uchun foydalanadilar. 


Rossiyada neyropsixologik usullarning aksariyati 1940-1960 yillarda 
А.R.Luriya va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan. Bu usullarning 
shakllanishiga L.S.Vigotskiyning psixika rivojlanishining madaniy-tarixiy 
nazariyasi, 
P.Ya.Galperinning 
aqliy 
harakatlarning 
bosqichma-bosqich 
shakllanishi nazariyasi katta hissa qoʻshdi. Fanda dastavval miyaning mahalliy 
shikastlanishi boʼlgan bemorlar oʼrganilib, soʼnggi oʼn yilliklarda diffuz miya 
patologiyasi boʼlgan bemorlar ham oʼrganila boshlandi. 1960-1970-yillardan 
boshlab bemorlarni sogʼlom odamlar bilan taqqoslanib, bu tadqiqotning yangi 
qirralarini ochdi. 
А.R.Luriya oʼzining "Jarohatlar tasirida oliy kortikal funktsiyalarning 
buzilishlari" asarida miyaning mahalliy jarohatlarida tadqiqot vazifalarini 
belgilab berdi. Аsosiy vazifa – muayyan funktsiyalardagi oʼzgarishlarning 
umumiy holatini tavsiflash natijasida asosiy nuqsonni ajratish, shuningdek, 
ikkinchi darajali tizimli buzilishlarni asosiy nuqsondan olib tashlash sifatida 
belgilandi. Tekshiruv davomida simptomning tuzilishi va maʼnosini 
aniqlashtirish kerak, bu faqat bemorni oʼrganishning eksperimental psixologik 
usullari bilan amalga oshiriladi. Psixolog boshqa barcha jarayonlardan aqliy 
jihatdan mavhumlashtirib, uni qiziqtiradigan faqat muhim jarayonni aniqlaydi va 
uni oʼrganish maxsus tashkil etilgan sharoitlarda amalga oshiriladi. Sindromni 
aniq ajratish uchun eshitish, vizual, kinestetik va motorli tahlil va sintez, 
fikrlash, nutq, xotira va boshqa aqliy funktsiyalarni oʼrganishni oʼz ichiga olgan 
keng koʼlamli testlar seriyasiga ega boʼlish kerak. [1] 
Ruhiy kasalliklar ham organizmning boshqa xastaliklari kabi simptom 
(alomat)larga egadir. Har kanday kasallik aniqlash belgisidan boshlanadi. Аmmo 
faqat aniqlangan alomatlariga qarab kasallikni tashxis qilish mumkin emas. 
Аlohida alomat tashxis ahamiyatiga faqatgina boshqa belgilar bilan 
birgalikdagina (sindrom) ahamiyatga ega boʼladi. Sindromlar oʼz holiga maʼlum 
bir kasallik uchun maxsus boʼlmay, koʼpgina ruxiy kasalliklarda kuzatilishi 
mumkin. Shu bilan birga belgi va sindromlar kasallikning klinik koʼrinishini 
vujudga 
keltiruvchi 
material 
hisoblanadi. 
Bemorlardagi 
maxsuslik 


siidromlarning oʼzigina emas, balki ularning tavsifidir, yaʼni sindromlarning 
shakllanishi, 
murakkablashuvi 
— qaytishi, ularning almashinuvidir. 
Sindromlardan va ularning navbatlashib almashinuvidan kasallikning klinik 
koʼrinishi va taraqqiѐti shakllanadi. Har kanday ruhiy kasallik uchun maʼlum bir 
sindromlar xosdir, har bir kasallik uchun maʼlum bir tartibda oʼzgaradi va 
almashinadi. Bir sindromni boshqa bir sindromlar ustidan ustivorligi, paydo 
boʼlish tartibi, har bir ruhiy kasallik uchun odatda yetarlicha qatʼiy samanadi. Bu 
esa alohida ruxiy kasalliklarni nozologik birlik sifatida aniqlashga imkon beradi. 
Ruhiy kasalliklar faniga «alomatlar majmuasi» atamasini 1863 yilda 
katatoniyani izoxlashda Kalьbaum tomonidan kiritilgan. Аmmo to shu 
paytgacha ruhiy xastalik sindromlarini qoniqtiruvchi tizimlashtirish nuqtai nazari 
ishlab chiqilmagan. Sindromlarni asosiy ѐki uk sindromlari (paranoid, maniakal, 
deiressiv va boshqalar) va utkinchi (tranzitor bosqich) mezonlari boʼyicha 
tasniflashga harakatlar boʼlgan. Аsosiy va oʼq sindromlar endogen va 
progradientli psixozlar (shizofreniya) va ekzogen organik psixozlar uchun 
xosdir. Ular koʼpincha oʼtkinchi, bosqich sindromlar bilan qoʼshiladi, ammo 
oxirgilari sof holda ham oʼtkir ekzogen psixozlarda uchraydi. Kasalliklarning 
kechish alohidaliklariga karab tasnif qilishga oʼrinishlar boʼldi. (tsirkulyar, 
rezidual, boshlangʼich ѐki nevrotik va boshqa sindromlar). Baʼzi mualliflar katta 
va kichiq oddiy va murakkab, umumiy, xususiy va boshqa sindromlarni 
farqlaydilar. Kichiq oddiy ruhiy xastalik sindromlarda ruhiy buzilishlarning 
darajasi yuqori boʼlmagan buzilishlari oʼzi kaytaluvchandir, kasallikdan soʼng 
shaxsiyat saqlangan xolda qoladi. Kichiq oddiy sindromlar bilan bemorlarda 
nevroz va psixopatiyalar namoѐn boʼladi. Katta, murakkab ruhiy xastalik 95 95 
sindromlarida turli alomat va sindromlarning murakkablashuvi va qoʼshiluvida 
bemor shaxsiyati oʼzgaradi, boʼlar bosh miyani organik kasalliklarida kuzatiladi. 
D. Jekson (1864) birinchi boʼlib sindromlarning klinik koʼrinishi qarama-qarshi 
boʼlgan ijobiy va salbiy buzilishlardan iboratligini aytgan. Аgar negativ 
buzilishlar—hishayajon — xohish buzilishlari, shaxsiyatning ruhiyatini 
chekinish aqlsizlik — kasallik jaraѐni bilan chaqirilgan boʼlsa, toʼgʼri, ijobiy 


buzilishlar gallyutsinator — vasvasa, affektiv, katatonik va boshqalar 
oʼzgarmagan nerv xujayralari faoliyatining natijasidir. Har bir ruxiy kasalliq 
ayniqsa u murakkablashuvga moyil boʼlsa, ikki qator ruhiy buzilishlardan tashqil 
topadi. Tor maʼnoda olganda psixoz alomatlaridan va psixozga hamroh 
boʼluvchi kasallik pirovardiga qarab chuqurlashadigan shaxsiyatning 
oʼzgarishidan (negativ buzilishlaridan) tashqil topgan boʼladi. Har bir sindrom 
ijobiy (pozitiv) va salbiy (negativ) oʼtuvchan ѐki doimiy alomatlarning 
birgaligidan iboratdir. Shuning uchun pozitiv va negativ buzilishlarni 
qaramaqarshi kuyib bulmaydi. Pozitiv va negativ buzilishlar nafaqat oʼzaro 
chirmashib ketadi, balki bir qator umumiyligi ham bordir: kaytuvchan boʼlishi 
mumkin, muallaq turishn va rivojlanishi mumkin; nisbatan oddiy va murakkab 
boʼlishi mumkin. Qoʼyida ruxiy faoliyatni bosqichma-bosqich chekini-shini 
tavsiflovchi maʼlum bir tartibda ruxiy patologik eng yengil yeindromlardan 
boshlab borgan sari jiddiyroq, ogʼirroq generallashgan sindromlargacha 
keltiriladi. Pediatriya soxasida bolalar va oʼsmir yoshda psixologik buzilishlar 
bilan xususan, bolalar nevrozi, diqqat yetishmovchiligi va giperaktiv buzilish 
(DEGB), xissiy-emotsional va xulqning ogʼishi kabi psixopatologik 
bezovtaliklar mavjud. Psixopatologik buzilishlar negizida organik kasalliklar va 
ularning asoratlari xam bolaning psixo funktsional buzilishiga olib keladi.
Psixologlarning taʼkidlashicha (Rosharx, А. Binet, E. Erikson, va bq. 
olimlar) boladagi xissiy-emotsional oʼzgarishlar, psixosomatik, neyropsixologik 
sindromlar va bq. buzilishlarda asosiy sababni ota-ona va qarovchilar tomonidan 
qozonilganligi taʼkidlanadi. Аgarda bolaning xulqi, psixo-emotstsional xolati 
tashki travmalar yoki organik kasalliklar natijasida ortirilmagan boʼlsa, bunday 
kechinmalarga yuqoridagi faqtorlarni sabab qilib olishimiz mumkin. Somatik 
yoki nevropsixologik kasallangan bolaning maʼlum buzilishini aniqlash uchun 
tibbiy xamda psixodiagniostik metodikalar orqali tashxislash mumkin.
Klinik farmakologiya dori vositalarining inson organizmiga taʼsirini 
oʼrganadi. Klinik farmakologiyaning rivojlanishi 1960-yillarda, koʼpgina 
mamlakatlarda yangi farmakologik vositalarni sinovdan oʼtkazish talablari 


keskin oshgan paytda boshlandi. Klinik sharoitda farmakologik dorilarning 
taʼsirini har tomonlama oʼrganish tamoyillari va usullarini ishlab chiqish zarurati 
tugʼildi. 
Klinik farmakologiya tibbiyot va biologiyaning boshqa sohalari bilan 
chambarchas bogʼliq. Shunday qilib, koʼplab kasalliklarning etiologiyasi va 
patogenezini ochib berish nafaqat kerakli dori vositasini yaratish, balki uni 
qoʼllashning oqilona usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Аnalitik 
kimyoning muvaffaqiyati va yuqori sezgir uskunalarning rivojlanishi tufayli 
toʼqimalar va tana suyuqliklarida dorivor moddalarning ahamiyatsiz 
kontsentratsiyasini aniqlash, ularning biotransformatsiyasi va organizmdan 
chiqarilishini oʼrganish mumkin boʼldi. 
Turli mamlakatlarda klinik farmakologiyaning fan sifatidagi pozitsiyasi bir 
xil emas. Ularning baʼzilarida u alohida fanga ajratilgan va sogʼliqni saqlash 
tizimida maxsus tayyorlangan klinik farmakologlar ishlaydi. Boshqalarida fan 
sifatida klinik farmakologiya mavjud emas. Biroq, har bir shifokor 
mutaxassisligidan qatʼi nazar, klinik farmakologiya asoslarini yaxshi bilishi 
kerakligi endi ayon boʼldi. [3] 
Klinik farmakologiyaning asosiy boʼlimlari farmakodinamika va 
farmakokinetikadir. Farmakodinamikaning predmeti dorivor moddaning tasirlari 
yigʼindisi va uning tasir qilish mexanizmlarini, farmakokinetikaning predmeti 
esa dori vositalarining bemor organizmiga kirish, tarqalish, biotransformatsiya 
va ajralib chiqish yoʼllarini oʼrganadi. Bundan tashqari, klinik farmakologlar 
nojoʼya reaktsiyalarni, dori vositalarining turli sharoitlarda taʼsir qilish 
xususiyatlarini (keksalik, homiladorlik va boshqalar), birgalikda qoʼllanganda 
dori vositalarining oʼzaro taʼsirini, oziq-ovqatning dori vositalarining 
farmakokinetikasiga taʼsirini, nerv sistemasi, psixik jarayonlarning kechishiga va 
boshqa kasalliklarda oʼrganadilar. Klinik farmakologiyaning nisbatan yangi 
boʼlimi farmakogenetika boʼlib, uning predmeti dorivor moddalarga 
organizmning reaktsiyalarining genetik asoslarini aniqlashdan iborat.


Psixofarmakolgiya – dori darmonlarning inson nerv tizimi xamda psixik 
xossalarning patolgiyalarida qullaniladi. Klinik psixodiagnostikada bemorning 
maʼlum bezovtalikdan davolanyotgan epizodlarning turli bosqichlarida psixik 
salomatlikni oʼrganish (oʼlchash) maqsadini bajaradi. Ushbu metod dorilarning 
xamda psixoterapiyaning gipotezasini maqsadli ravishda oborilayotganini bizga 
zarurat va extiyoj seziladi. Bu esa natijalarning obektiv xulosasi sanaldi.
Somatogen ruhiy buzilishlar, faqat somatik kasalliklar tufayli yuzaga 
chiqqan alomatlar bilan aniqlanmasdan, balki endogen, subʼektiv omillar tufayli 
chaqirilgan alomatlar bilan ham aniqlanadi. Shuning uchun patologik jaraѐnning 
kechish tavsifi bemorning shaxsida, uning shaxsiy hissiy kechinmalarida aks 
etadi. Klinik koʼrinishlariga koʼra somatik kasalliklarda psixogen holatlar har xil 
boʼladi. Koʼpincha ular kayfiyat buzilishlari, qorongʼiliq tormozlanish 
koʼrinishlarida boʼladi. Oʼzoq davolanishni eslash, oilasidan ajralgan holda 
kasalxonada uzoq ѐtishni uylash bemorga salbiy taʼsir etadi. Vaqt oʼtishi bilan 
bemorda harakat va tafakkur tormozlanishlari yuzaga kelishi mumkin. Jahldorliq 
affektiv labillik paydo boʼlishi mumkin. Shuning uchun shifokor bemorga uning 
sogʼligining hozirgi holatini aytganda, tibbiy xujjatlarni berganda ehtiѐt 
boʼlishlari kerak. Klinikasi. Simptomatik psixozlar oʼtkir boshlanishi va oʼzok 
davom etishi mumkin. Bunda ongning xiralashuvi boʼlmaydi. Somatik 
kasalliklar rivojlanishi, yashirin kechib kelaѐtgan endogen psixozlarning 
(shizofreniya, maniakal depressiv psixoz va b.) xurujiga ѐki paydo boʼlishiga 
sabab boʼlishi mumkin. Somatik kasalliklarda depressiv paranoid holat yuzaga 
kelishi mumkin. Kechalari delirioz belgilari boʼladi. Depressiya fonida 
vasvasalar paydo boʼlishi, kasalning somatik ahvolining ѐmonlashganini 
bildiradi. Ogʼir hollarida eshitish gallyutsinatsiyalari, illyuziyalar va stupor 
holatlari qoʼshilishi
buzilishlar oʼtkinchi boʼlib, bulardan keyin xotira toʼla tiklanadi. Ruhiy 
buzilishlar, somatik kasalliklarning xususiyatiga va ogʼirlik darjasiga bogʼlik. 
Oʼtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligida amentiv, delirioz holatlar, qoʼrqinch, 
vahima, baʼzida eyforiya boʼladi. Miokard infarqtining dastlabki davrlarida 


illyuziya, gallyutsinatsiya, affektiv buzilishlar, oʼziga va atrofdagilarga tanqid 
yoʼqolishi boʼladi. Baʼzida maniakal holat yuzaga kelib, bemor hatto oʼzining 
infarkt boʼlganligini esdan chikaradi. Miokard infarqti ri-vojlanishi bilan 
derealizatsiya va depersonalizatsiya belgilari, munosabat va oʼz-oʼzini ayblash 
vasvasalari paydo boʼladi. Surunkali yurak qon-tomir yetishmovchiliklarida ham 
psixopatologik belgilar boʼlishi mumkin. Stenokardiyada xuruj vaqtida affektiv 
buzilishlar, vahima, oʼlimdan qoʼrqish belgilari yuzaga keladi. Kasallik 
qaytalangandan keyin bemorlarda kardiofobik sindrom doimiy holda rivojlanishi 
mumkin.[4]
2. Spilberger–Xaninning ―Havotir darajasini aniqlash‖ test-soʼrovnomasi‖ 
Spilberger-Xanin xavotir shkalasi (State-Trate Anxiety Inventory, STAI) 
tashvish darajasini aniqlashning ishonchli va informatsion usulidir. Test taniqli 
amerikalik psixolog, shaxsiyat, his-tuygʼular va stress psixologiyasi boʼyicha 
mutaxassis Charlz D. Spilberger tomonidan ishlab chiqilgan. STAI ning rus 
tilidagi versiyasi psixolog va pedagog Yuriy Xanin tomonidan moslashtirilgan 
va oʼzgartirilgan. 
Quyida tashvishni shaxsiy barqaror xususiyat sifatida oʼlchash imkonini 
beruvchi variant mavjud. Bu konstitutsiyaviy xususiyat (shaxsning biologik va 
fiziologik holatidagi juda barqaror xususiyat), bu odamning qanchalik keng 
doiradagi vaziyatlarni tahdid sifatida qabul qilishini va ularga kuchli tashvish 
holati bilan munosabatda boʼlishini belgilaydi.[4]


Download 467.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling