o‘rgatmaydi, balki hayotning o‘zi tarixni talqin qilish,
izohlash-
ni o‘rgatadi. Tarix hayot murabbiyligidan uning o‘quvchisiga ay
landi»1.
Biroq shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, tarixiy jarayonni tu
shuntirish tarixiy tadqiqotlarning mantiqiy mazmuni va tadqiqot
larning ilmiy metodologik yondashuvlariga bog‘liq bo‘ladi.
Tarixiy tadqiqotlar uzoq vaqt davomida siyosiy tarix tadqiqot-
lari bilan cheklanib kelgan bo‘lib, tadqiqotlarning asosiy e’tibo-
ri hukmdorlar faoliyatiga qaratilgan bo‘lib, xalq ommasi va uning
tarixiy jarayonlardagi o‘rni tadqiqotlar e’tiboridan
chetda qol-
gan. Bu haqda mashhur adiblardan biri F. Volter kinoya bilan:
«Hamma tomonda faqat qirollar tarixini ko‘rmoqdaman, men esa
odamlar tarixini yozmoqchiman», — degan edi.
D. Yum tarix fani predmeti sifatida buyuk saltanatlarning yu
zaga kelishi, taraqqiy etishi hamda tanazzulga uchrashini ko‘rsat-
gan edi2.
E. Gibbon urushlar tarixi va jamiyatni boshqarish deb ko‘rsat-
gan bo‘lsa3, L. Ranke diplomatik aloqalar tarixini ko‘rsatgan edi4.
Nemis faylasufi K. Yaspers esa tarixni
bir davrdan ikkinchi
davrga o‘tish, deb ko‘rsatadi. K. Yaspersning fikricha, ta
rix fanining eng muhim savollaridan biri bu — «aslida bu qan
day sodir bo‘lgan edi?»
tarzida emas, balki, «biz aslida qanday
1 Виппер Р.Ю. Состояния и события, массы и личности, интересы и
идеи / / Рубеж. 1995. № 5. С. 69.
2
Devid (David) Yum (ing. David Hume; 1711-yil 7-may (eski hisobda
26-aprel), Edinburg — 1776-yil, 25 — avgust) — shotland faylasufi, iqtisodchi
Do'stlaringiz bilan baham: