Metralogiya va standartlashtirish bo'yicha xalqaro tashkilotlar
Download 24.9 Kb.
|
Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar
METRALOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH BO'YICHA XALQARO TASHKILOTLAR Reja. 1. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti 2. Sifat boyicha Yevropa tashkiloti 3. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti – Britaniya Assotsiatsiyasi (Britich Enginezing Standards Accociation) 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qumitasi (1918 y), Amerika qumitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi. Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. Shu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‘ldi. ISA ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari kirdi. 1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish boyicha Xalqaro sezd ochildi. Unda texnikaning turli sohalari boyicha 32 ta qumita va kichik qumitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini to‘xtatib qoydi. Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946 – 1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib, rivoj topmoqda. ISO ning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o‘zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‘stlikni rivojlantirishdir. Sifat boyicha Yevropa tashkiloti Sifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YeOKK (Yevropeyskaya organizatsiya po kontrolyu kachestva) birinchi konferentsiyasi chaqirilgan yili – 1957 yilda tashkil topdi, biroz keyinroq uning nizomi ham tasdiqlandi. YeoKKning har yili konferensiya o‘tkazishdan asosiy maqsadi mahsulot sifatini boshqarish boyicha tajriba almashinish, sifatning nazariy va Amaliy masalalarini hal qilish, bu sohadagi so‘nggi yutuqlarni targ‘ibot qilish, sifatning aktual mummolari boyicha fikr almashinish, yangi muammolarni izlab topish va sifatga taalluqli ko‘pgina boshqa masalalarni ko‘rib chiqishdir. 1992 yili Yevropa iqtisodiy uyushmasi (YeES) doirasida umum Yevropa bozori tashkil qilinishi bilan YeOKKning rahbariy hujjatlari qaytadan ko‘rib chiqildi. U 1998 yilning 1 iyulidan boshlab o‘z nizomini o‘zgartirib, hozirda sifat boyicha Yevropa tashkiloti (YeOK) deb ataladi. Sifat boyicha Yevropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos bo‘luvchi hujjatlari YeOKning nizomi, ish tartibi qoidalari, qumita va seksiyalari uchun qoidalar hamda besh yilga mo‘ljallangan asosiy masalalar boyicha yo‘nalish rejalari mavjuddir. YeOK tarkibida 26 ta to‘la huquqli a’zolari, 12 ta muxbir a’zolari hamda 37 ta alohida muxbir a’zolari va 10 ta faxriy a’zolari bor. Qardosh tashkilotlarning 11 tasi bilan o‘z bitimlariga egadir. YeOk maxsus bitimlari asosida sifat boyicha Argentina, Braziliya, Isroil, Kolumbiya, XXR, Yangi Zelandiya, AQSH, Chili, Janubiy Koreya va Yaponiyalarning mintaqaviy, milliy va kasaba uyushmalari bilan hamdo‘stlik aloqalari o‘rnatilgan. YeOKning Oliy lavozimi egasi, uning prezidenti bo‘lib, u har ikki yilda saylanadi. Asosiy ma’muriy idoralari – kengash, ijroiya qumitasi va sekretariatdir. YeOKning ish yuritish rasmiy tillari – ingliz va fransuz tillaridir. Bu tashkilot o‘zining ilmiy – texnikaviy jurnaliga ega, jurnal yiliga 4 marta chop etiladi. Hozirgi vaqtda YeOkning 12 ta texnikaviy qumitalari mavjud bo‘lib, ular ishonchlilik, statistik usullar, atamalar, iste’mol masalalari boyicha standartlashtirish, sifatni boshqarish, kadrlar tayyorlash, funktsional – baholashni tahlil qilish, sifat sohasida siyosat olib borish, sertifikatlashtirish va sifat tizimlarining nazorati, EHMning matematik ta’minlanishida sifat, sifat tugaraklari, mahsulot sifatini metrologik ta’minoti bilan shug‘ullanadi. Undan tashqari 7 ta turli seksiyalari mavjuddir: ● avtomobil; ● energetika; ● qurilish; ● oziq – ovqat; ● farmatsevtika; ● sifat masalalari bo‘yicha maslahatlar ko‘rsatish. Texnikaviy qumitalar va tarmoq seksiyalari YeOKning to‘la huquqli vakillaridan tashkil topadi. Ular o‘z navbatida YeOKning a’zo mamlakatlarining milliy tajribalariga suyanadi va xalqaro miqyosda mahsulotning sifatini ta’minlaydigan tashkilotlarning hujjatlaridan foydalanadi. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlari 1881 yilda elektr boyicha birinchi Xalqaro kongressning o‘tkazilishidan boshlangan edi. 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora – xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK) tuzish to‘g‘risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi boyicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‘ullana boshladi. XEK (ko’pgina adabiyotlarda MEK deb berilgan, bu ruscha “Mejdunаrodnаya elektrotexnicheskаya komissiya” so’zlarining bosh harflaridan olingan) nizomiga ko‘ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini hal qilishdir. ISO va XEK faoliyatlari boyicha farqlanadi, XEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari boyicha shug‘ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar boyicha standartlashtirish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qumitalar XEK ning a’zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Yer kurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste’molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir. XEK ingliz, frantsuz va rus tillarida ish olib boradi. XEK ning Oliy rahbar idorasi XEK kengashidir, u yerda mamlakatlarning hamma milliy qumitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‘lib, u har 3 yil muddatiga saylanadi. Bundan tashqari vitse – prezident, g‘azinachi, bosh kotib lavozimlari ham bor. XEK har yili bir marta o‘z kengashiga yig‘iladi va o‘z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi. 1972 yilga qadar XEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faoliyat ko‘rsatar edi. 1972 yili esa XEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi. Foydalanilgan adabiyotlar. N.R.Yusupbekov, B.I.Muhamedov, SH.M. G‘ulomov. Texnologikjarayonlarniboshqarishsistemalari: Texnikaoliyo‘quvyurtlariuchundarslik, - T.: “O‘qituvchi”, 1997, 704 b. N.R.Yusupbekov, X.Z.Igamberdiev, A. Malikov. Texnologi jarayonlarni avtomatlashtirish asoslari, T.: ToshDTU, 2007,-237 b. A.A.Artikov, A.K.Musaev, I.I.Yunusov Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimi: O‘quv qo‘llanma, T.: TKTI, 2002y. G.I.Lapshenkov, L. M.Poloskiy, Avtomatizasiya proizvodstvennbix prosesovv ximicheskoy prombishlennosti. – M.: «Ximiya», 1991, -180 s. Avtomaticheskoe upravlenie v ximicheskoy prombishlennosti: - Uchebnik dlya vuzov/pod red. E.G.Dudnikova – M.: «Ximiya», 1987, -358 s. A.I.Emelyanov I dr. Proektirovaniya avtomatizirovannbix ystem upravleniya texnologicheskimi prosessami: - M.: «Mashinostroenie» , 1984, 155 s. .1 Ziyo.net 2 Kitoblar.uz 3 Referatlar.uz Download 24.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling