Metrologik ekspertizani o’tkazish tartibi
Download 73.08 Kb.
|
1 2
Bog'liqMetrologik ekspertiza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metrologik ekspertizani o’tkazish jarayonida ko’rib chiqiladigan masalalar
Metrologik ekspertizani o’tkazish tartibi Metrologik ekspertizadan o’tkaziladigan hujjatlarni ishlab chiqish bosqichlari belgilanayotganda shuni e’tiborga olish kerakki, metrologik ekspertiza boshlang’ich bosqichlarda o’tkazilsa samaraliroq bo’ladi va metrologik ekspertiza natijasini amalga oshirishga ham kamroq harajat sarflanadi. Texnikaviy hujjatni ishga kiritish bosqichida metrologik ekspertiza natijasi kiritilishi va amalga oshirilishi (agar avval metrologik ekspertiza o’tkazilmagan bo’lsa) ancha qiyin bo’ladi. Metrologik ekspertizani hujjat ishlab chiqishninghar bir bosqichiga (texnik topshiriq, texnik taklif, eskiz loyiha, texnik loyiha, ishchi hujjatni ishlab chiqish) o’tkazish maqsadga muvofiq emas, shuning uchun har bir soha (tashkilot) optimal variant topish kerak. Amaldagi sohaviy me’yoriy texnikaviy hujjatlar tahlili shuni ko’rsatadiki, ko’pincha metrologik ekspertiza loyihalashning biror (texnik topshiriq yoki eskiz loyiha) bosqichida, keyin esa ishchi texnik hujjat ishlab chiqishda o’tkaziladi. Metrologik ekspertizaning yana bir vazifasi – o’lchash vositalari va o’lchashni bajarish va to’liqligini belgilashdir, bunda o’lchash xatoligiga qarab bu talablar belgilanadi. Metrologik ekspertizaga hujjat asl nusxada, me’yoriy nazoratining buyurtmachi vakilining va hujjatni tasdiqlovchi shaxsning imzosidan boshqa hamma imzolar bilan birga taqdim etiladi. Ekspertizani ikki bosqichda ham o’tkazish mumkin, bunda hujjat avval original ko’rinishda tekshirishdan o’tiladi, keyin esa asl nusxada tekshirishdan o’tadi. Metrologik ekspertizani o’tkazish jarayonida ko’rib chiqiladigan masalalar Texnikaviy hujjatlarni metrologik ekspertizasini o’tkazish davomida mahsulotni o’lchanadigan parametrlarini tanlash, aniqlik me’yorlarini o’rnatish, mahsulotlarni ishlab chiqish, nazorat qilish, sinash, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash jarayonlarida ular o’lchash vositalari va usullari bilan ta’minlanganligi va ularni amaldagi me’yoriy hujjatlar talablarga rioya qilishi tekshiriladi, tahlil qilinadi va baholanadi. Metrologik ekspertizani o’tkazish vaqtida o’lchanadigan parametrlar nomenklaturasini yaxshilab tahlil qilish, ular orasida mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan korrelyatsion bog’liqlikni, hamda o’lchamasa ham bo’ladigan parametrlarni aniqlash kerak bo’ladi. Barcha tekshiriladigan hujjatlarda o’lchanadigan parametrlarni yozilish shakli to’g’riligi tekshiriladi. Har bir me’yorlanadigan parameter ruxsat etiladigan munosabati ko’rsatilgan nominal qiymat yoki chegaraviy qiymatlari yoki maksimal va minimal qiymatlari bilan berilishi kerak, nominal qiymat va ruxsat etilgan og’ish munosabati bilan berilishi maqsadga muvofiqdir. O’lchash vositalarini me’yoriy hujjatlari va texnikaviy topshiriqlari “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi metrologiya bo’linmalari yoki Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti (Standartlar instituti) mutaxasssislari tomonidan ekspertiza qilinadi. Metrologik ekspertiza ishlarini olib boorish bo’yicha tashkiliy rahbarlikni “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi amalga oshiradi, ilmiy-uslubiy rahbarlik esa Standartlar institute tomonidan olib boriladi. Har bir soha va korxona uchun metrologik ekspertizadan o’tkaziladigan aniq texnikaviy hujjatlar turi belgilanishi kerak. O’lchanadigan parametrlar, o’lchash aniqligi me’yorlar, o’lchash, nazorat, sinash usul va vositalari haqida ma’lumotlarga ega texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarishda texnologik tayyorlashda parametrni mo’ljallanishiga, texnologik jarayonni boshqarish va nazorat qilish uchun shu parametrni o’lchash vositasini ishiga hamma vaqt ham e’tibor berilmaydi. Ishlab chiqariladigan mahsulotni nazorat qilishda kerak bo’lgan texnologik jarayon parametrlarini o’lchashda texnik hujjat ishlab chiquvchini aybi bilan o’lchash vositasini bo’lmasligi yoki belgilangan o’lchash usulining yetarlicha samarali bo’lmasligi texnik shart va standart talablari doirasidan chetga chiquvchi mahsulot ishlab chiqrilishiga sabab bo’ladi. Ishlab chiqish bosqichlarida texnikaviy hujjatning metrologik ekspertizasini o’tkazilishi bunday kamchiliklarni oldini oladi. Jadval 1 Metrologik ekspertiza hujjatni passiv tekshirish emas, balki u mahsulotni ishlab chiqish va undan foydalanishdagi metrologik ta’minot vazifalarini majmuiy yechishni taklif etadi. Ekspertiza natijalari bo’yicha mahsulotlar chizmalariga va texnologik jarayonlarga o’zgartirishlar kiritiladi, tayyorlash joizliklari murakkablashtiriladi, maxsus nazorat vositalari ishlab chiqiladi va tayyorlanadi, o’lchash qurilmalari loyihalanadi va tayyorlanadi. Download 73.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling