Metrologik ta’minot va uning asosiy jihatlari Ishlab chiqarish tarmoqlarida metrologik ta’minot


Respublika metrologik xizmati – metrologik ta’minotning tashkiliy asosi sifatida


Download 66.65 Kb.
bet4/6
Sana25.02.2023
Hajmi66.65 Kb.
#1231650
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 - MARUZA

Respublika metrologik xizmati – metrologik ta’minotning tashkiliy asosi sifatida

Respublika metrologik xizmati – metrologik ta’minotning tashkiliy asosi sifatida

Respublika metrologik xizmati metrologik ta’minotning tashkiliy asosi bo‘lib hisoblanadi. Metrologik ta’minot bo‘yicha ishlarning hal qiluvchi hajmini ixtisoslashtirilgan metrologik tashkilotlar bajaradi. Bu tashkilotlar majmuasi va ularning mamlakatda o‘lchashlar birliligini va talab qilinayotgan aniqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyati metrologik xizmatni tashkil etadi. Metrologik xizmat tashkilotlari metrologik ta’minot bo‘yicha barcha ishlarni ilmiy – texnikaviy va metodik boshqaruvini amalga oshiradi, o‘lchashlar birliligini ta’minlash uchun zarur qoida va me’yorlarga rioya etilishini nazorat qiladi.

Metrologik xizmat aniq o‘lchashlarning ilmiy – nazariy aspektlarida ham, amaliy aspektlarida ham muhim ishlarni bajarishga qodir ilmiy va nazariy – sinov tashkilotlarining tarmoqlangan tarmog‘ini ifodalaydi.

Hozirgi vaqtda respublika metrologik xizmati respublikaning har bir viloyatida davlat metrolgik xizmatlari tarmog‘iga ega, 13 ta metrologik xizmat tayanch tashkilotlariga va respublikaning 302 korxona va tashkilotlarida idora metrologik xizmatlarining tarmoqlangan tarmog‘iga ega.

O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati tuzilmasi

O‘zstandart Agentligi boshqaradigan davlat metrologik xizmatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, viloyatlardagi va Toshkent shaharidagi davlat metrologik xizmat idoralari kiradi.

Davlat metrologik xizmat idoralari davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini ham bajaradi. Davlat metrologik xizmatga O‘zstandart Agentligi rahbarlik qiladi.

O‘zstandart Agentligi nomidan milliy idora vakolatlariga quydagilar kiradi:

metrologiya sohasida, metrologik faoliyatni hududlararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirishda yagona davlat siyosatini amalga oshirish;


Download 66.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling