Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari
O‘lchashlarni bajarish metodikasi
Download 435.7 Kb. Pdf ko'rish
|
4-MARUZA-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Xodimlar
5. O‘lchashlarni bajarish metodikasi
O‘lchashlarni bajarish metodikalari o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining zarur va muhim tashkil etuvchisidir. O’z DSt 8.010.1:2002 “O‘z O‘DT. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. Asosiy va umumiy atamalar” standartida o‘lchashlarni bajarish metodikasi o‘lchashlardagi ishlar va qoidalarning o‘rnatilgan majmui sifatida ta’riflangan. O‘lchash ishlari va qoidalri bajarilganda o‘lchashlar natijalari kafolatlangan aniqlikda olinadi. O‘lchashlarni bajarish metodikasida o‘lchash natijalarining xatoliklari baholangan bo‘lishi va muayayn o‘lchash sharoitlarida o‘rnatilgan aniqlikni ta’minlashi lozim. O‘lchashlar belgilangan tartibda attestatlangan o‘lchashlarni bajarish metodikasiga muvofiq bajarilishi lozim. O‘lchashlarni bajarish metodikasini ishlab chiqish va metrologik attestatlash tartibi O‘zstandart Agentligi tomonidan o‘rnatiladi. O‘lchashlarni bajarish metodikasiga asosiy talablar O’z DSt 8.016:2002 “O‘z O‘DT. O‘lchashlarni bajarish metodikalari. Asosiy nizomlar” da o‘rnatilgan. O‘lchashlarni bajarish metodikasi O‘BM ni ishlab chiqishda O’z T 51- 088:1999 “O‘Z O‘DT. O‘lchashlarni bajarish metodikalari. Tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi” ning nizomlaridan foydalanish tavsiya etiladi. 6. Xodimlar Metrologik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar attestatlanishi lozim. Xodimlarni attestatlashda malaka darajasining faoliyatining ushbu turiga muvofiqligi aniqlanadi. Bunda metrologik tekshiruv va nazoratning muayyan turini bajarishga metrologik bilimlar va amaliy ko‘nikmalarning mavjudligi aniqlanadi. Davlat metrologik xizmatlariga attestatlangan xodimlarni jalb etishni talab qiluvchi metrologik faoliyat turlari quyidagilardan iborat: – o‘lchash vositalarini sinash; – o‘lchash vositalarini qiyoslash; – o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash; – sinash vositalarini attestatlash; – o‘lchashlarni bajarish metodikalarni metrologik attestatlash; – yuridik shaxslarni akkreditlashda ishtirok etish; – me’yoriy va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish; – davlat metrologik nazorati. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohadan tashqarida, yuridik shaxs o‘rnatilgan tartibda attestatlangan xodimlarni talab etuvchi faoliyat turlarini mustaqil ravishda aniqlaydi. Download 435.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling