Metrologik tekshiruv va nazoratning asosiy vazifalari
Moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart
Download 435.7 Kb. Pdf ko'rish
|
4-MARUZA-2
4. Moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart
namunalari Standart namunalar (SN) O‘zbekiston o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi (O‘zO‘BTT) ning tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘lchash birliligini ta’minlash maqsadlarida SN quyidagilar uchun qo‘llaniladi: – o‘lchash vositalari (O‘V) ni qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestalash, darajalash, shuningdek ularni sinashda, shu jumaladan turini tasdiqlash maqsadida metrologik tafsilotlarini tekshirish uchun; – O‘BM ni metrologik attestatlash; – O‘BM dan foydalanish jarayonida ularning hatoliklarini o‘zlarida o‘rnatilgan algoritmlarga muvofiq tekshirish; – metrolgik tekshiruvning boshqa turlari uchun qo‘llaniladi. O‘lchashlarning ba’zi turlarida SN tekshirish sxemasi tarkibiga etalon (O‘lchashlar namunaviy vositasi) sifatida kirishi va mos qiyoslash sxemasida o‘rnatilgan tartibda birlikning o‘lchamini uzatish uchun qo‘llanilishi mumkin. SN tan olish darajasi va qo‘llanish doirasiga qarab quyidagi toifalarga ajraladi: – davlatlararo SN (DASN); – davlat (sertifikatlashtirilgan) SN (DSSN); – ishlab chiqaruvchining SN (KSN). Davlat (sertifikatlashtirilgan) standart namunalari quyidagicha belgilanadi: O’z DSN – O’zbekiston davlat standart namunasi. Ishlabchiqaruvchiningstandartnamunalariuchun: O’z ICHSN-O’zbekiston ishlab chiqaruvchining standart namunasi Turli toifadagi SN qo‘llanish doirasi: – DASN va DSN uchun sertifikatlashtirilgan standart namuna (SSN) O‘zbekiston xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, shu jumladan, agar SN turining tavsifida eslatib o‘tilmagan bo‘lsa, davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llaniladigan sohada ham qo‘llaniladi; – ishlab chiqaruvchining standat namunasi (ICHSN) O‘zbekiston xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasidan mustasno, qo‘llaniladi. ICHSN ni qo‘llanish sohasi SN ni qo‘llanishga oid guvohnomada yoki yo‘riqnomada eslatib o‘tiladi. SN vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan (tan olingan) dan keyin o‘z vazifasi bo‘yicha qo‘llanishga ruxsat etiladi. O‘zbekiston davlat metrolgik tekshiruv va nazorat sohasida O‘zstandart Agentligi bergan sertifikatga ega SN yoki “DASN” yoki “DSSN” (ruscha “MSO” yoki “GSO”) belgilari bo‘lgan SN, 1992 – yilgacha chiqarilgan va o‘z kuchini yo‘qotmagan SN ni qo‘llanish ruxsat etiladi. Xorijda ishlab chiqarilgan, import bo‘yicha keltiriladigan SN qo‘llanishga belgilangan tartibda ruxsat etiladi. Xalqaro va hududiy tashkilotlarda yaratilgan SN, agar bu ishda O‘zbekiston qatnashgan va (yoki) SN ni tan olishga qo‘shilgan bo‘lsa, bunday SN uni tan olishda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq qo‘llaniladi. SN uchun metrologik tavsilotlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim, bunday tavsilotlar SN ni yaratish va chiqarishga hujjatlarda me’yorlanadi. SN ni yaratish va chiqarish hujjatlarida ularning muayyan turlari uchun texnik topshiriqlar (TT) va texnik shartlar (TSH) da quyidagi metrologik tavsilotlar me’yorlanadi: a) SN ning attestatlanadigan tafsilotining ahamiyati; b) attestatlanadigan qiymatning hatoligi (noaniqligi); v) SN materialining bir jinsli emasligi natijasida sodir bo‘ladigan hatolik (noaniqlik); g) SN nushasining yaroqlilik muddati; d) tashqi omillarning ta’sir darajasi. SN tafsilotlarining qiymatlari SN ni attestatlash jarayonida o‘rnatiladi va turining tavsifnomasi, shuningdek SN nushasining sertifikati (guvohnomasi) da ham keltiriladi. SN ning sertifikati (guvohnomasi) da keltiriladigan metrologik tafsilotlarning qiymatlari SN to‘pining har nushasiga, yoki SN ning muayyan nushasiga oid bo‘ladi. Bu qiymatlarining o‘zi SN nushasining SN ni qo‘llanish bo‘yicha hujjatlarda o‘rnatilgan, qo‘llanish protsedurasiga muvofiq foydalaniladigan har qanday qismga ham taalluqli bo‘ladi. SN ning yaroqlilik muddati yuqori chegarasi cheklanmaydi. Agar yaroqlilik muddati o‘rnatilmagan yoki SN ning yaroqlilik muddati 10 yildan ortiq bo‘lsa, bu holda SN ning metrologik tafsilotlari 10 yilda kamida bir marta tekshiriladi, tekshirish tartibi SN ni qo‘llanish bo‘yicha yo‘riqnomada yoki bunday protsedurani belgilaydigan alohida hujjatda ko‘rsatiladi. SN ni ishlab chiqish (yaratish) asosiy bosqichlari: a) attestatlash dasturi va (yoki) metodikasining loyihasini o‘z ichiga olgan SN ga texnik topshiriqni ishlab chiqish; b) texnik topshiriqni metrologik eksperitiza qilish, kelishish va tasdiqlash; v) SN ni tayyorlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va eksperimental ishlarni o‘tkazish; g) attestatlash dasturi va (yoki) metodikasiga muvofiq SN ning metrologik va texnik tafsilotlarini o‘rnatish; d) SN ga hujjatlarni ishlab chiqish, SN ni ishlab chiqishga oid hisobotni rasmiylashtirish, SN seriyali yoki kichik seriyali ishlab chiqariladigan bo‘lsa, texnik shartlar (TSH) ishlab chiqiladi; e) SN ni ishlab chiqishga oid hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish; j) SN ni tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish. SN ni ishlab chiqishga texnik topshiriqni yaratuvchi-tashkilot tuzadi va tasdiqlaydi. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati sohasida qo‘llanishga mo‘ljallangan SN ni yaratishga TT O‘zbekiston Standart namunalar Bosh markazi – SMS ITI yoki O‘zstandart Agentligi bilan kelishishi lozim. Ro‘yxatga olishda davlat standart namunalariga o‘lchash vositalari davlat reestrining “Standart namunalar” bo‘limidagi ikkita raqamdan iborat nomer beriladi. Bu ikki raqamdan nuqta bilan ajratilgan to‘rtta raqamli ro‘yxatga olish nomeri va ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yili ko‘rsatiladi (XX.XXXX:XXXX). Masalan, O’zDSN 03.0179:2002. Ishlab chiqaruvchilarning standart namunalarini ro‘yxatga olishda ularga korxonalar va tashkilotlar Umumdavlat tasniflagichi bo‘yicha KTUT kodining sakkizta raqamidan iborat nomeri beriladi. Bu raqamlardan nuqta bilan ajratilgan to‘rtta raqamli ro‘yxat nomeri va qo‘sh nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yili yoziladi (XXXXXXXX.XXXX:XXXX). Masalan, O’z IChSN 00934175.0009: 2001. Xorijda ishlab chiqarilgan import bo‘yicha keltirilgan, O‘zbekistonda tan olingan va qo‘llanishga ruxsat etilgan yoki xalqaro va hududiy tashkilotlar doirasida ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonda tan olingan SN o‘lchash vositalari davlat reestriga kiritiladi, bunda ularga ro‘yxatga olingan nomer beriladi, qavslar ichida esa, ishlab chiqargan mamlakat yoki tashkilot tomonidan berilgan ro‘yxat nomeri ko‘rsatiladi. Masalan: – Rossiyaning standart namunasi O’zDSN 03.0693:1999 (GSO 1639-93 P); – Ukrainaning standart namunasi O’zDSN 03.0719:1999 (DSZU 022.36-96); – DORFNER firmasida (Germaniya) tayyorlagan standart namuna O’z DSN 03.0178:2002 (42161/1/14937/1/99; RVK 6652G‘Z). O‘zstandart Agentligi ro‘yxatga olingan SN to‘g‘risidagi axborotni SN sertifikatining xos reestriga kiritadi. Moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalarini yaratish, tasdiqlash (tan olish), ro‘yxatga olish, chiqarish va qo‘llanishga umumiy talablar, shu jumladan qiyoslash gazli aralashma (attestatlangan aralashmalar bundan mustasno) uchun talablar O‘z RST 8.018-97 da belgilangan. Download 435.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling