Metrologiya o’lchashlar haqidagi fandir
Download 247.84 Kb.
|
Intervallar shkalasi.
O‘rganilayotgan ob’ekt sifat va miqdor jihatlarining birligi ushbu jihatlarning nisbatan mustaqilligini, shu bilan birga ularning chuqur o‘zaro bog‘liqligini anglatadi. Miqdoriy ta’riflarning nisbatan mustaqilligi ularni o‘lchash jarayonida o‘rganish, o‘lchov natijalarini esa ob’ektning sifat xususiyatlarini tahlil qilish maqsadida foydalanish imkonini beradi. O‘lchash aniqligi muammosi ham empirik bilish uslubi sifatida shu kabi o‘lchashning gnoseologik asoslariga oid hisoblanadi. O‘lchash aniqligi o‘lchash jarayonidagi ob’ektiv va sub’ektiv omillar nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Ana shunday ob’ektiv omillar qatoriga quyidagilar kiradi: •o‘rganilayotgan ob’ektda u yoki bu turg‘un miqdor ta’riflarini ajratib olish imkoniyati murakkab, ba’zan esa buning umuman iloji bo‘lmaydi; •o‘lchash vositalariimkoniyatlari (ularning mukammallik darajasi) va o‘lchash jarayoni kechayotgan sharoitlar. Qator hollarda kattalikning aniq qiymatini topishning umuman imkoni yo‘q. Masalan, elektronning atom atrofidagi traektoriyasini aniqlash mumkin emas va h.k. Psixologiyada o‘lchash ob’ektining murakkabligi, aksariyat hollarda uning yashirinligi (ba’zida tekshiriluvchining o‘zi ham bilmasligi, anglamasligi mumkin) ob’ektiv qiyinchiliklarga olib keladi. O‘lchashning sub’ektiv omillari qatoriga o‘lchash usulini tanlash, ushbu jarayonni tashkil qilish va sub’ektning bilish imkoniyatlari – eksperiment o‘tkazuvchi malakasi, uning olingan natijalarini to‘g‘ri va savodliizohlab berish mahorati kiradi. Bu borada psixologlarning metodikalarni bilishi, qo‘llay olishi va to‘g‘ri sharhlay olishi katta ahamiyatga ega. Bevosita o‘lchash bilan birga ilmiy eksperiment o‘tkazish jarayonida bilvosita o‘lchash uslubi keng qo‘llanadi. Bilvosita o‘lchashda izlanayotgan kattalik dastlabki funksional bog‘liqlik bilan bog‘liq boshqa kattaliklarni bevosita o‘lchash asosida aniqlanadi. Jism massasi va hajmining o‘lchangan qiymatlariga ko‘ra uning zichligi aniqlanadi; o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi qarshilikning o‘lchangan kattaliklari, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi uzunligi va maydoniga ko‘ra topilishi mumkin va h.k. Ayniqsa ob’ektiv reallik sharoitida bevosita o‘lchash mumkin bo‘lmaganida bilvosita o‘lchash uslubining roli katta. Masalan, har qanday kosmik ob’ekt (tabiiy) ning massasi boshqa fizik kattaliklarni o‘lchash ma’lumotlarini qo‘llashga asoslangan matematik hisob-kitoblar yordamida aniqlanadi. O‘lchovlar- bu obyekt va o‘ziga xoslik sonlarini yozishdir ular ma’lum bir qonuniyatlarga tayanadilar. Bu qonun qoidalarsonlarning xususiyatlariga tayangan holda o‘rnatiladi. Darajalarga ko‘ra ular quyidagi shkalalarga ajratiladi: Nominativ shkala yoki nomlanish shkalasi: bu predmetlarni sinflar bo‘yicha guruhlashni qamrab oladi, ularni umumiy holatlari va sifatlariga qarab tasniflaydi, ba’zi bir xususiyatlarga aniq holatlarni berish hisoblanadi. Nominal shkala quyidagicha tasniflanadi. Sinflar va toifalar. Xususiyatlarning tasnifi bu obyektlarni guruhlashtirish, ularni sharoitlarga qarab umumlashtirish, bir birlari bilan bir xilligini o‘rganadi. Nominal shkalaga jins, rang va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Download 247.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling