Metrologiya o’lchashlar haqidagi fandir
Bilish nazariyasida o‘lchashlarning o‘rni
Download 247.84 Kb.
|
Bilish nazariyasida o‘lchashlarning o‘rni.
Ishlab chiqarish texnikasi va uning rivojlanish istiqbollari, doimiy mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan talablar, fan texnika oxirgi yutuqlarining ishlab chiqarishga tadbiq qilinishi bakalavrlarini tayyorlashda standartlashtirish, o‘zaroalmashinuvchanlik va texnik o‘lchashlar bilan bog‘liq bo‘lgan savollarni, shuningdek, o‘lchash ishlarini sifatli va kafolatli qilib o‘tkazish uchun asboblarni konstruksiyalash amaliyotda dolzarb masala sifatida qo‘yishni talab qilmoqda. “O‘LCHASH ASBOBLARI KONSTRUKSIYASI” fani o‘zaro almashuvchanlikning zarur shartlaridan o‘lchash asboblaridagi detallarda bo‘lgan geometrik ko‘rsatkichlarning aniqligini o‘lchash va ta’minlash usullarini qamrab oladi. Fanning maqsadi - bo‘lajak bakalavrlarda umumtexnikaviy standartlarga asosan o‘lchash asboblarini qo‘llay olish, konstruksiyalash jarayonida o‘lchash asboblarining elementlarini tayyorlash jarayonida standart talablariga rioya qilishni, mashinasozlik mahsulotlarini tayyorlashda, ishlatishda va ta’mirlashda aniq hisob-kitoblarni bajarish va o‘lchash asboblari konstruksiyalari aniqligini ta’minlash ko‘nikmasini xosil qilishdir. Ma’ruzalar matni taxsil olayotgan talabalariga bu fanni o‘rganishi natijasida o‘zaroalmashuvchanlikning va texnikaviy o‘lchashlarning asosiy muammolarini, konstruktorlik xujjatlarida aniqlik darajalarini belgilash qoidalarini va konstruksiyalashni bilib olish imkoniyatini beradi. SHuningdek ma’ruzalar matnida o‘lchash asboblari konstruksiyalaridagi detallarining umumiy birikmalarini xisoblash usullarini va standart o‘tqazishlarni tanlashni, YAQO‘T (yagona qo‘yim va o‘tqazishlar tizimi) jadvallaridan amaliyotda foydalanish ko‘nikmalarini talabalarda xosil qilish bo‘yicha ham etarlicha ma’lumot mavjud. Bu fanni o‘rgangan talabalar o‘lchash vositalarini tanlash va ularni ishlata bilishni hamda standartlashtirish sohasidagi asosiy qoidalarni, tushuncha va ishlamalarni bilishlari zarur. Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil, muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo, yaxlit olib qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi me’yorlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash asbobining xatoliklarini chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar asbobning pasportida keltirilgan bo‘ladi. O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi: Xususiy energiya sarfi. Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobning o‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda bu juda muhimdir. Asbobning ishonchliligi - uni belgilangan ko‘rsatkichlarini vaqt mobaynida saqlash xususiyatini bildiradi. Bu ko‘rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi asbobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. Download 247.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling