Metrologiya o’lchashlar haqidagi fandir


O’lchanadigan kattalikning haqiqiy qiymatini nuqtali baxolash


Download 247.84 Kb.
bet6/15
Sana16.04.2023
Hajmi247.84 Kb.
#1359430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O’lchanadigan kattalikning haqiqiy qiymatini nuqtali baxolash.
To‘g‘ri shakldagi qattiq shakldagi qattiq jism zichligini aniqlash misolida fizik o‘lchashlar va o‘lchashlardagi hatoliklarni hisoblashning ayrim usullari bilan tanishish ushbu ishning maqsadi xisoblanadi.
O‘lchashlar turli alomatlarga ko‘ra tasniflanadi: soniy natija olish usuli bo‘yicha barcha o‘lchashlar to‘g‘ri va bilvosta o‘lchashlarga bo‘linadi.
Bevosita o‘lchashlar – natijasi bevosita o‘lchov yoki o‘lchash asbobi yordamida olinadigan o‘lchashlardir:
X=A
Bilvosita o‘lchashlar – natijasi o‘lchanayotgan kattalik bilan bir qanday bog‘lanishga ega bo‘lgan kattaliklarni to‘g‘ri o‘lchash asosida olinadigan o‘lchashlar hisoblanadi:
X=f(A,B,K)
Masalan: (M)-massani tarozida o‘lchash, silindrning (h)-balandligini yoki (D)-diametrini o‘lchash, o‘lchashlarga kiradi; bilvosita o‘lchashlarga esa silindrsimon shakldagi qattiq jismning zichligini o‘lchashni kiritish mumkin.

Qo‘llanish soha bo‘yicha o‘lchashlar texnikaviy va laboratoriya o‘lchashlarga bo‘linadi. Texnik o‘lchashlarga hatoliklar hisobga olinmaydi va ular nisbatan qo‘pol asboblar yordamida bajariladi. Hatoliklarni xisobga oluvchi ancha yuqori aniqlikka ega asboblar bilan laboratoriya o‘lchashlar amalga oshiriladi.
O‘lchashlarning aniqligi – o‘lchashlar natijasining o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinligini aks ettiruvchi harakteristikasidir. O‘lchashlarning yuqori aniqligi esa natijaning kichik hatoliklariga mos kelishidir.
O‘lchash aniqligi – bu o‘lchash natijasidan o‘lchanayotgan kattalikning chinakam qiymatining ayirmasidir
Chinakam qiymatning aniqlab bo‘lmasligi sababli amalda, odatda haqiqiy qiymatdan foydalaniladi. Ko‘pincha hatolik ishorasiga (+ yoki – ) ahamiyat berilmaydi. Shuning uchun hatolik kattaligi deb ayirma moduli qabul qilinadi va hatolik absolyut deb ataladi.
Fizikada o‘lchashlar aniqligini o‘lchov shkalasining bo‘linma qiymatiga yoki o‘lchov asbobi bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. “O‘lchash santimetr aniqlikgacha bajarilgan” degan ibora shkaladagi bo‘limna qiymati bahosi 1 sm bo‘lib, absolyut hatolik 1sm dan oshmaganligini bildiradi.
Asbob shkalasining darajasi shkaladagi ikkita yonma – yon, shtrih belgilar o‘rtasidagi oraliqqa aytiladi. Shkala bo‘linma qiymati o‘lchanayotgan kattalikning qiymati olingan bo‘lib, u bitta darajaga to‘g‘ri keladi k=A/n; bunda A – shkalaning diapazoni, n – ushbu diapozondagi bo‘linmalar soni.
Asbob shkalasigi bo‘linma qiymati qancha kichik bo‘lsa, o‘lchash natijasining absolyut hatoligi shunga kam bo‘ladi, ammo qiymati va absolyut hatolik o‘rtasida son jihatdan tenglik mavjud emas, balki boshqa sabablar bilan bog‘liq deb tushuntirish mumkin.
Hisoblash hatoligi, agar ko‘rsatkich strelkasi biror – bir shtrih bilan to‘g‘ri kelsa, bu shtrihga mos keluvchi sonni nuqtadan hisoblash sifatida qabul qilinadi.



Download 247.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling