Metrologiya standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti


Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari


Download 46.63 Kb.
bet7/11
Sana07.03.2023
Hajmi46.63 Kb.
#1248046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'zim

2.2Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari

Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari hisoblanadi:


etalonlar; o‘lchov vositalari; sinov vositalari; Moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari; axborot-o‘lchov tizimlari; o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari; metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;
savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish;
zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash;
davlat mudofaasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik va gidrometeorologik ishlar;
o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.
Davlat metrologiya nazoratining tarqatilish doirasida ishlatiladigan, import bo‘yicha ishlab chiqariladigan va olib kelinadigan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi kekrak. O‘lchov vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reyestriga kiritishni «O‘zstandart» agetligi amalga oshiradi.
Tasdiqlangan o‘lchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reyestri belgisini qo‘yishi shart.
Boshqa davlatlarning o‘lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiyalash natijalari tuzilgan shartnomalar hamda bitimlarga muvofiq e’tirof etiladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tarqatilish doirasida qo‘llanadigan o‘lchash vositalari majburiy qiyoslovdan o‘tkazilishi kerak. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tarqatilish doirasidan tashqarida qo‘llanadigan va majburiy qiyoslovdan o‘tkazilishi kerak bo‘lmagan o‘lchash vositalari, ularni ishlab chiqarishda, sotishda, foydalanishda, ijaraga berishda, ta’mirlashda va O‘zbekiston Respublikasi xududiga olib kirishda kalibrlanishi mumkin.
Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
metrologiyaga oid faoliyatni xalqaro talablar asosida rivojlantirish;
investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ularni ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiya qilish;
Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
ilg‘or innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini rag‘batlantirish;
noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimi ishlashi va rivojlanishini, uning xalqaro birliklar tizimi va boshqa mamlakatlarning kattalik birliklari tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlarining metrologik, texnik tavsiflarini aniqlash va (yoki) tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya tekshiruvi amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi:
o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarini va o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni qiyoslash, kalibrlash;
sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish.
Davlat metrologiya nazorati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning, shuningdek boshqa qonun hujjatlarining metrologiyaga oid talablarga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladi.
O‘lchash vositalarining (shu jumladan etalonlar, standart namunalar, axborot-o‘lchash tizimlari) ishlab chiqarilishi, ta’mirlanishi, prokatga berilishi, realizatsiya qilinishi, ularning holati va qo‘llanilishi;
O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining qo‘llanilishi;
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi, shuningdek akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari va laboratoriyalari faoliyati;o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi miqdori ustidan amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonun hujjatlarida belgilanadi
Davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatningboshqa turlarini amaldagiqonun hujjatlarigamuvofiq amalga oshiradi. 11-modda.Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo’lgan hollarda o’lchovlarning yagona birligini ta’minlashbo’yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratiniamalga oshirish uchun tuziladi. Yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishibolingan nizomlarbilan belgilanadi.



Download 46.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling