Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifat menejmenti


Umumtexnikaviy standartlar


Download 200.05 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi200.05 Kb.
#1532382
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qodirov Lochinbek

Umumtexnikaviy standartlar quyidagilarni belgilaydi:
  • xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida ilmiy-texnikaviy atamalar va ularning ta’riflarini;
  • standartlashtirishning turli ob’ektlar uchun shartli belgilarni;
  • turli hujjatlarning tuzilishi, bayon etilishi, rasmiylashtirilishi va mazmuniga talablarni;
  • ishlab chiqarishni texnikaviy, shu jumladan metrologik ta’minlash uchun zarur bo’lgan umumtexnikaviy kattaliklarni;
  • xavfli holatlarning gurhlari bo’yicha xavfsizlikning umumiy talablarni;
  • atrof muhitni muhofazalash va tabiiy boyliklardan foydalanishni yaxshilash sohasidagi umumiy talablarni.

Mahsulotga standart — vazifasini bajarishini ta’minlash maqsadida mahsulot yoki bir turdagi mahsulotlar guruhi uchun talablarni belgilaydigan standart.
Mahsulotga ikkita asosiy standart turlari tuziladi
  • umumtexnikaviy shartlar standarti - bir turdagi guruhi uchun;
  • texnik shartlar standarti – aniq mahsulot uchun.

mahsulotlar
Bu standartlar umumiy holda quyidagi bo’limlardan iborat bo’ladi:
klassifikatsiya, asosiy parametrlar va o’lchamlar; umumtexnikaviy talablar;
qabul qilish qoidalari;
markirlanish, qadoqlanish, tashish, saqlash.
Jarayonga standartlar texnik birxilligini ta’minlash maqsadida mahsulotning aloxida xayotiy bosqichlarida ishlarni bajarish uchun talablarni belgilaydi — loyihalash, tayyorlash, saqlash, tashish, foydalanish, eskirgandan keyin yo’qotish.
Jarayonga standartlar texnologik operatsiyalarni bajarish jarayonida axoli sog’ligi va xayoti hamda atrof muhit muhofazasi talablarni belgilash kerak.
Xozirgi kunda texnologik jarayonlarini boshqarish uchun standartlar, yani sifat menejmenti tizimlar bo’yicha standartlar katta axamiyatga ega — xujjatlarni boshqarish, mahsulotni sotib olish, kadrlarni tayyorlash va boshqalar.
Xizmatga standart bir turdagi xizmatlar (turistik xizmatlar, transport xizmatlar va h.z.) yoki aniq xizmatlar (mexmonxonalar tasn16ifi, yuk tashish qoidalari) javob beradigan talablarni belgilaydi

Download 200.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling